11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining hisobi


Download 15.14 Kb.
bet3/5
Sana24.06.2023
Hajmi15.14 Kb.
#1653890
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu. Ulgurji savdo korxonalarida tovar operatsiyalarining h-fayllar.org

Kredit 2910 «Ombordagi tovarlar».

Qaytarilgan tovarlar boʻyicha sotib olishda qilingan qoʻshimcha xarajatlar (transport, brokerlik, bojxona toʻlovlari) boʻyicha xizmat koʻrsatgan tashkilotlarga ularning aybi boʻlmaganda da’vo bildirib boʻlmaslik mumkin. Shuning uchun qaytarilgan tovarlarga toʻgʻri keladigan sotib olishga tegishli boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar zarar sifatida 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotiga olib borilishi lozim, ya’ni:

Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»

Kredit 1520 «Tovarlarni sotib olishga doir qoʻshimcha harajatlar»

Sotib olishga doir qoʻshimcha xarajatlar boʻyicha da’vo bildirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:

Debet 4860 «Da’volar boʻyicha olinadigan schyotlar»

Kredit 1520 «Tovarni sotib olinishiga doir qoʻshimcha harajatlar»

Ulgurji savdo korxonalariga tovarlar ta’minotchilardan tashqari boshqa manbalardan ham kelib tushushi mumkin, masalan, savdo korxonalarining ishlab chiqarish sexlaridan, shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan (agar ulgurji savdo korxonasi bosh korxona hisoblansa), ta’sischilardan, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul va qarzga olinishi mumkin. Ushbu operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.

1. Xususiy ishlab chiqarish sexlaridan kirim qilingan tovarlarning ishlab chiqarish tannarxidagi qymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 2010 «Asosiy ishlab chmiqarish» 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».

2.Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan sotib olish baholaridagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 6110 «Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar», 6120 «Shoʻba va qaram xoʻjaliklarga toʻlanadigan schyotlar».

3.Ta’sischilardan kelib tushgan tovarlarning kelishuv baholaridagi qiymatiga:

Debet 2910 «Ombordagi tovarlar»

Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar boʻyicha qarzlari».


Download 15.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling