4.Xorijiy ta’sischilardan ta’sis badali sifatida kelib tushgan tovarlar boʻyicha a) korxona roʻyxatdan oʻtgan sanadagi kurs boʻyicha hisoblangan kirim bahosidagi qiymatga: Debet 2910 «Ombordagi tovarlar» Kredit 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallar boʻyicha qarzlari». b) Kelib tushish va ta’sis sanalari oʻrtasida vujudga kelgan kurs farqlari summasiga: Debet 2910 «Ombordagi tovarlar» Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlari». 5.Bepul olingan tovarlarning kelib tushish bahosidagi qiymatiga: Debet 2910 «Ombordagi tovarlar» Kredit 8530 «Bepul olingan mulk». 6.Qarzga olingan tovarlarni kelishuv baholardagi qiymatiga: Debet 2910 «Ombordagi tovarlar» Kredit 6820 «Qisqa muddatli qarzlar». Ulgurji savdo korxonalari tovarlarni oʻzlarining distryubitorlariga (Chakana savdo korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlarga), shuningdek boshqa tovarlarni oʻz xoʻjalik maqsadlarida foydalanuvchi tashkilot va muassasalarga tuzilgan shartnomalar asosida kelishuv baholarida yirik va mayda partiyalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotadilar. Omborlardan tovarlarni xususiy Chakana savdo savdo doʻkoniga berilishida buxgalteriya va marketing boʻlimi ularni Chakana sotish baholarini aniqlab beradi. Chakana sotish bahosiga tovarning ta’minotchidan sotib olgan bahosi, tovarni sotib olishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarning hissasi, shuningdek sotib olish tannarxi ustiga qoʻyiladigan savdo ustamasi kiritiladi. Misol: ombordan savdo doʻkonga 10 dona bolalar kostyumi berildi, uning hab birining sotib olish bahosi 20000 soʻm, ushbu oʻnta kostyumga toʻgʻri keladigan sotib olishga doir qoʻshimcha harajatlarning summasi 5000 soʻm, demak, xar bir kostyumga toʻgʻri keluvchi xarajat summasi – 500 soʻm. Kostyumlarni savdo doʻkonga berishda sotib olish tannarxi ustiga 10 % ustama qoʻyildi, ya’ni har bir kostyum bahosi ustiga qoʻyiladigan ustama – 2050 soʻm.. Ichki almashuv naklodnoyida tovarlarning narxi 20000 soʻm qilib koʻrsatiladi. Savdo doʻkonga kirim qilish dalolatnomasida tovarning kirim bahosi 22550 soʻm (20000+500+2050), jami summa 225500 soʻm ( 22550 *10) etib koʻrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |