11. Menejment asoslari


Download 61.83 Kb.
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1513813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 мавзу (2)

Avtokratik uslub-avtokratiya yakka xokimlik tushunchasini bildiradi, ya'ni xukumronlikni ushlab turuvchi va amalga oshiruvchi birgina odam. Unga quyidagi usul xususiyatlidir: yakka xokimlik bilan qaror qabul qilish, ma'muriyatchilik, qo’l ostidagi ishga doim aralashib turish jamoa fikrini hxisobga olmaslik.
Liberal uslub-liberal suzi raxmdil, saxiy, oliyjanob degan ma'noga ega, bu sulubning xususiyati shundaki, raxbar uzini raxbarlik xolatini namoyish etmaydi, aksincha uzi tarakkiyot topishiga sharoit yaratib berib ularga aralashmaydi.
Demokratik uslub-demokratik so'zi yunoncha “demak” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “xalq” ma'nosini bildiradi. Demokratik boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi. Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslaxatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi. Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi.
Menejmentning asosiy tamoyillari Tamoyil - bu faoliyat yuritishning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Menejment tamoyillari deganda, iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo‘l-yo‘riq, xulq me'yorlari tushuniladi. Menejment tamoyillari o‘zaro bog‘liq va birgalikda qo‘llanilishi lozim. Menejmentning aosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda korxona xodimlari a'zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat'iy bo‘ysunushini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bug‘in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat'iy belgilab qo‘yishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasiga so‘zsiz bo‘ysunish bilan birga amalga oshishi kerak.
Ilmiylik tamoyili. Menejment tamoyillari orasida eskilik sarqitlarini inkor qiluvchi, har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining ob'ektiv yo‘nalishlari, bu sohada milliy va chet el tajribasini qo‘llashini taqozo qiluvchi o‘rin egallaydi.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling