11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savolga javob
1-savol javobi:
Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini eritma muhitiga bog‘liqligi Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi. Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4–) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz.Birinchi probirkada: Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz. Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushtisiyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO 4 -) reaksiya tugagandan keyin Mn 2+ ioniga aylandi. Mn 2+ ioni rangsiz bo‘lgani uchun, reaksiya amalga oshganda birinchi probirkada rangsiz eritma hosil bo‘ladi. Bu jarayon permanganat (MnO 4 -) ionini Mn 2+ ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, kislotali muhitda permanganat ioni (MnO 4 – ) Mn 2+ ioniga aylanadi. Ikkinchi probirkada: Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya neytral muhitda olib borilganda permanganat ioni (MnO 4 - ) 3 ta elektron qabul qilib olib, marganes (IV) oksid (MnO 2 ) holigacha qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi. Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO 4 -) reaksiya tugagandan keyin marganes (IV) oksid (MnO 2 )ga aylandi. Marganes (IV) oksid qoramtir-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma bo‘lgani uchun ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ldi. Bu jarayonga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, neytral muhitda permanganat (MnO 4 – ) ioni marganes (IV) oksid (MnO 2 )ga aylanadi. Permanganat (MnO 4 – ) ionini oksidlovchilik xossasi eritmani muhitiga bog‘liq bo‘lib, kislotalik muhitda oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon bo‘ladi va 5 ta elektron olib, +2 ionigacha qaytariladi. Neytral muhitda o‘rtacha oksidlovchilik xossasi namoyon bo‘ladi va 3 ta elektron olib, MnO 2 gacha qaytariladi. Ishqoriy muhitda esa oksidlovchilik xossasi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va 1 ta elektron olib, MnO 4 2– ionigacha qaytariladi. 2-savolga javob. 22.4 % (£=1g/mol) li eritmaning molyar konsentratsiyasi 4 M boʻlsa, moddaning molekulyar massasini aniqlang. C M = 𝜔∗ρ∗10 𝑀 ; Mr= ρ∗𝜔∗10 𝐶 𝑚 = 22,4∗1∗10 4 =56 g/mol Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling