11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savolga javob. Zn→ZnSO 4 →BaSO 4 oʻzgarishlarni tajribada bajaring va ularni izohlang
- 1-savolga javob
2-savolga javob: 40.05 gr AlCl
3 eritmasiga 49.5 gr K 2 S boʻlgan eritma qoʻshildi. Hosil boʻlgan choʻkmaning massasini aniqlang. n(AlCl 3 )=40,05:133,5=0,3 mol n(K 2 S)=49,5:110=0,45 AlCl 3 eritmasi moqdori kam olingani sababli cho`kma massasini u orqali topamiz: 0,3 x = 45 g 2AlCl 3 + 3K 2 S = 6KCl + Al 2 S 3 .↓ 2 150 3-savolga javob. Zn→ZnSO 4 →BaSO 4 oʻzgarishlarni tajribada bajaring va ularni izohlang. Zn + H 2 SO 4 = ZnSO 4 + H 2 . ZnSO 4 +Ba(OH) 2 = Zn(OH) 2 + BaSO 4 ↓-oq cho`kma 29-BILET 1. Kimyoviy muvozanatga konsentratsiya va bosimning ta’siri. 2. KOH+Cl 2 →…reaksiyaga 5.6 l Cl 2 bilan kirishgan boʻlsa hosil boʻlgan Bertole tuzining massasini aniqlang. 3. Gidrokarbonat va karbonat ionlariga xos sifat reaksiyalarni tajribada bajaring va izohlang. 1-savolga javob: Kimyoviy muvozanatga konsentratsiyaning ta’siri.Muvozanatda turgan sistemada biror moddaning miqdorini oshirsak, muvozanat o‘sha moddaning miqdorini kamaytiruvchi tomonga siljiydi, va aksincha, modda miqdorini kamaytirganimizda muvozanat o‘sha moddaning miqdorini ko‘paytiruvchi tomonga siljiydi. Fikrimizni quyidagi muvozanatda turgan sistemada o‘rganamiz: aA + bB = cC + dD Ushbu muvozanatda turgan sistemaga A va B moddalarni qo‘shsak ularning konsentratsiyasi ortadi, bu to‘g’ri reaksiyaning tezligini ortishiga olib keladi va muvozanat o‘ng tomonga siljiydi, chunki teskari reaksiya tezligi o‘zgarmasdan qolgan bo‘ladi, to'g'ri υ >teskari υ . Sistemadan A va B moddalar tashqariga chiqarilsa, ya’ni ularning konsentratsiyasi kamaytirilsa, to‘g’ri reaksiyaning tezligi kamayadi, teskari reaksiya bo‘lsa o‘zining avvalgi tezligini saqlab qolgan holda muvozanatni chapga siljitadi, to'g'ri υ< teskari υ. Endi biror bir amaldagi reaksiyaga shu ta’rifni qo‘llab ko‘ramiz: uglerod (IV) oksidi va vodoroddan, uglerod (II) oksid va suv hosil qilinish reaksiyasini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda ham kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemadagi dastlabki moddalardan (tenglamaning chap tomonida turgan CO 2 va H 2 ) birining konsentratsiyasi ortsa to‘g‘ri reakνsiyaning tezligi oshadi, ya’ni kimyoviy muvozanat shu moddani sarflanishini ta’minlovchi tomonga siljiydi. Natijada boshlang‘ich (chap tomondagi) moddalar ko‘proq sarflana boshlaydi va muvozanat o‘ngga siljiydi. Demak, muvozanatdagi CO 2 + H 2 = CO + H 2 O sistemaga qo‘shimcha CO2berilsa, u holda Le-Shatelye prinsipiga muvofiq, sistema CO 2 ning konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya’ni kimyoviy muvozanat o‘ngga (to‘g‘ri reaksiya tomonga) siljiydi CO 2 + H 2 = CO + H 2 O Reaksiyaning o‘ng tomonidagi biror moddaning (H 2 O yoki CO) miqdori kamaytirilsa ham shu jarayon sodir bo‘ladi ya’ni kimyoviy muvozanat to‘g‘-ri reaksiya tomonga (H 2 O va CO hosil bo‘lishi tomoniga) siljiydi. Tenglamaning o‘ng tomonidagi birorta moddaning konsentratsiyasi oshirilsa, teskari reaksiyaning tezligi oshadi. Muvozanat chapga siljiydi. Masalan, yuqoridagi reaksiyada CO ning konsentratsiyasi oshirilsa, sistema CO ning konsentratsiyasini kamaytirishga intiladi, ya’ni kimyoviy muvozanat chap tomonga siljiydi. CO+ H 2 O= CO 2 + H 2 Demak, bitta modda konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan barcha moddalarning konsentratsiyasi o‘zgaradi, natijada muvozanat biror tomon -ga siljiydi. Lekin muvozanat konstantasi o‘zgarmaydi. Kimyoviy muvozanatga bosimning ta’siri Kimyoviy reaksiyada gaz holatidagi moddalar ishtirok etsa, bosim ham ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki bosimning o‘zgarishi gaz moddalar uchun konsentratsiyaning o‘zgarishi demakdir. Qattiq moddalarga bosim ta’sir etmaydi. Muvozanatning siljishiga bosimning ta’sirini aniqlash uchun tenglamaning chap va o‘ng qismlaridagi gaz holidagi moddalarning molekulalar sonini hisoblab chiqish kerak. Muvozanatda turgan sistemaning bosimi oshirilsa, kimyoviy muvozanat oz sondagi molekula hosil bo‘ladigan reaksiya tomonga, ya’ni hajm kamayishiga olib keladigan reaksiya tomonga siljitadi. Bosim pasayganda esa ko‘p sondagi molekulalar hosil bo‘ladigan reaksiya tomonga siljiydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling