11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-savol javobi
Sanoatda olinishi.Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olin gan azot va suvni elektroliz qilib olingan
vodorodni katalizator, bosim va harorat ta’sirida reaksiyaga kirishtirib olinadi: N 2 + 3H 2 = 2NH 3 + Q. Azot bilan vodorod aralashmasi odat dagi sharoitda reaksiyaga kirish maydi. Azotning vodorod bilan o‘zaro ta’ sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o‘ng tomonga (NH 3 hosil bo‘lish tomonga) siljitish uchun: 1. Bosimni orttirish zarur. 2. Haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo‘lish reaksiyasining unumi pasayib ketadi. 3. Katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator — Al 2 O 3 , K 2 O va temir aralashmasi. laboratoriyada ammiak olish 13-BILET 1. Reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar. 2. 17.43 % li 400 g KBr eritmasiga necha g AgNO 3 qoʻshilganda eritmadagi KBr ning massa ulushi 10 % boʻladi? 3. Neytrallanish reaksiyasiga doir tajribalar bajaring va ularni izohlang. 1-savol javobi: Kimyoviy reaksiya – zarrachalar (molekula, atom, ionlar) dan yangi zarrachalar hosil bo‘lishidir. Ba’zi bir kimyoviy reaksiyalar juda tez sodir bo‘ladi, boshqalari esa sekin borganligi tufayli bir necha soat yoki bir necha kun davom etishi mumkin. Juda tez boruvchi reaksiyalar ko‘pincha portlash bilan boradi. Poroxning yonishi, ichki yonuv dvigateli silindrida 15:1 nisbatda aralashtirilgan havo va benzin (mos ravishda)ning yonishi juda tez boruvchi reaksiyalarga misol bo‘la oladi. Bariy xlorid va sulfat kislotasining eritmalari aralashtirilganda ham oq cho‘kma juda tez fursatda hosil bo‘ladi. BaCl 2 +H 2 SO 4 =BaSO 4 + 2HCl Temir korroziyasi juda sekin kechadi. 4Fe + 6H 2 O + 3O 2 =4Fe(OH) 3 Uning mahsulotini ko‘rish uchun ancha uzoq vaqt kutish kerak. Reaksiyaning o‘rtacha tezligi– bu reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan mahsulotning konsentratsiyasini ma’lum vaqt birligi ichida o‘zgarishidir. Reaksiya o‘rtacha tezligini aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi. yoki Modda miqdorining hajmga bo‘lgan nisbati molyar konsentratsiyani ifodalaydi. Shu formulani hisobga olsak, kimyoviy reaksiyalarni o‘rtacha tezligini aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Kimyoda reaksiya tezligi “mol/litr∙minut” yoki “mol/litr∙sekund” bir liklarida o‘lchanadi. Reaksiya tezligini aniqlash uchun: 1) reaksiyada necha mol modda hosil bo‘lishini yoki sarflanishini bilish kerak; 2) reaksiya qancha vaqt davom etishini bilish kerak; 3) reaksiya o‘tkaziladigan idish hajmini bilish kerak. Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar Reaksiya tezligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi modda tabiatidir. Ishqoriy metallar qatoriga kiruvchi kaliy va litiyni suv bilan reaksiyasida vodorod gazini hosil qilish xususiyatiga ega. Lekin ikkala reaksiya bir-biridan tezligi bo‘yicha farq qiladi. Kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda vodorod juda tez sur’atda ajralib chiqa boshlaydi va hattoki ajralib chiqishi bilan yonib ketadi. 2K + 2H 2 O = 2KOH + H 2 2H 2 + O 2 = 2H 2 O Litiyda esa bunday emas, vodorod sekin-asta, mayda pufakchalar hosil qilib ajrala boshlaydi. 2Li + 2H 2 O = 2LiOH + H 2 Kaliy va litiyning har xil tezlikda reaksiyaga kirishishi ularning tabiati ya’ni elektron berish xossasi bilan izohlanadi. Kaliy atomini radiusi kattaroq bo‘lgani uchun uni elektronni berishi litiyga nisbatan tezroq amalga oshadi. Reaksiyani tezligi moddalarning konsentratsiyasigaham bog‘liq bo‘ladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling