11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


-savolga javob: Kimyoviy muvozanatga haroratning ta’siri


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/44
Sana29.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1733312
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)

1-savolga javob: Kimyoviy muvozanatga haroratning ta’siri. Haroratning ortishi nafaqat muvozanatga, balki 
muvozanat konstantasiga ham ta’sir etadi. Muvozanatga haroratning ta’sirini ko‘rishdan avval reaksiyaning 
ekzotermik yoki endotermik ekanligini hisobga olishimiz zarur, chunki haroratning o‘zgarishi muvozanatni 
reaksiyaning issiqlik effektiga qarab yoki o‘ng tomonga, yoki chap tomonga siljitadi. Muvozanatdagi sistemaning 
temperaturasi kamaytirilsa, Le-Shatelye prinsipiga ko‘ra, issiqlik chiqishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiya kuchayadi, 
ya’ni kimyoviy muvozanat ekzotermik reaksiya tomonga siljiydi. Agar muvozanatdagi sistemaning harorati 
ko‘tarilsa, Le-Shatelye prinsipiga ko‘ra, issiqlik yutilishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiya kuchayadi, ya’ni kimyoviy 
muvozanat endotermik reaksiya tomonga siljiydi. Masalan: 
Bu ikkala modda o‘rtasidagi muvozanatga faqatgina bosim emas, balki temperatura ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularning 
ikkalasi – 9,3 °C bilan +144 °C harorat orasida muvozanatda turadi. Agar temperatura – 9,3 °C gacha sovitilsa, u
holda sistemada NO
2
yo‘qolib, unda faqatgina N
2
O
4
qoladi. Agar sistema +144 °C gacha qizdirilsa, sistemada
N
2
O
4
yo‘qolib, NO
2
sistemadagi yagona gazga aylanadi. Haroratni ko‘tarilishi issiqlik yutilishi bilan sodir 
bo‘ladigan reaksiyani tezlashtiradi. Masalan, oltingugurt (IV) oksidni oksidlab, oltingugurt (VI) oksid olish
ekzotermik reaksiya bo‘lib, qaytar jarayon hisoblanadi: 


Oltingugurt (VI) oksidini hosil bo‘lish unumini oshirish ya’ni muvozanatni o‘ng tomonga siljitish uchun 
temperaturani pasaytirish kerak bo‘ladi: Agar harorat oshirilsa muvozanat endotermik reaksiya tomoniga siljiydi
ya’ni teskari reaksiyani tezlashtiradi: 
Kimyoviy muvozanatga katalizatorning ta’siri.Katalizatorlar to‘g‘ri reaksiyaning ham, teskari reaksiyaning ham 
tezligini bir xilda oshiradi va shu sababli muvozanatning siljishiga ta’sir etmaydi, muvozanatning tezroq qaror 
topishiga yordam beradi, xolos. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling