11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

1-savolga javob: 
Modda miqdorining o‘lchоv birligi mol hisoblanadi. 
Mоl dеb, mоddаning 12C izоtоpining 6,02·10
23
tа C- аtоmlаri sоnigа tеng zаrrаchа (mоlеkulа, аtоm, iоn)
sаqlаgаn miqdorigа аytilаdi. Mоddаning mаssаsi vа miqdоri hаr хil tushunchаlаrdir. Mаssа grаmm vа
kilоgrаmmlаrdа, mоddа miqdori esа mоllаrdа hisoblаnаdi. Mаsаlаn, suvning molekulyar massasi 18 u. b. gа 
tеng. Suvning 1 mоli 18 grаmm gа tеng bo‘lаdi. Shu bilаn bir qаtоrdа, kimyoviy hisoblаshlаrdа 1 kilоmol
(kmоl) 1000 mоlgа tеng, 1 mmоl 0,001 mоlgа tеng bo‘lаdi. Mоddаning «mоl» lаr sоnini, mаssаsini m vа
mоlyar mаssаsini M bilаn bеlgilаsаk, bu uchаlа kаttаliklar оrаsidа quyidagi bog‘liqliklar bor: 


Moddaning molyar massasi — uning bir molining massasidir. U ham bo‘lsa modda 
tarkibidagi 6,02·10
23
zarrachalarining massasiga teng. Molyar massa, odatda, bir molga to‘g‘ri keladigan
grammlar (g/mol) bilan ifodalanadi. Masalan, M(H
2
) = 2 g/mol; M(FeS) = 88 g/mol; M(Fe) = 56 g/mol; M(S) 
= 32 g/mol. 
Avogadro o‘zining kuzatishlari asosida 1811-yilda quyidagi qonunni yaratdi: Bir xil sharoitda (bir xil bosim va 
haroratda) teng hajmdagi turli gazlarning molekulalari (atomlari) soni teng bo‘ladi. Avogadro qonunidan ikkita 
xulosa kelib chiqadi. 
1. Normal sharoit (T=273K, P=101,325 kPa) da har qanday gazsimon moddaning “1 mol” miqdori 22,4 l 
hajmini egallaydi va bunga gazlarning molyar hajmi deyiladi. V molyar = V
M
= 22,4 mol/lholida belgilanadi. 
Bu xulosaga ko‘ra: 1 mol H
2
gazi va boshqa gazlar normal sharoitda 22,4 l hajmga ega. Ularning 10 moli 224 l, 
0,1 moli esa 2,24 l hajmni egallaydi. 
2. Gazsimon moddaning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom)lar soniga bevosita 
bog‘liqdir. Shunga ko‘ra har qanday moddaning “1 mol” miqdori tarkibida 6,02·10
23
ta zarracha (molekula, 
atom) bo‘ladi. Bu Avogadro soni deyilib, N
A
= 6,02·10
23
holida yoziladi. 
Demak, 1 mol Cl
2
tarkibida 6,02·10
23
ta Cl
2
molekulasi bor. Undagi xlor atomlari soni esa 2 marta ko‘p – 
12,04·10
23 
ta bo‘ladi. Demak,– xohlagan bir gazning 1 molida 6,02·10
23
ta molekula bo‘lib, 22,4 l hajmni egallaydi
– 1,0 mol gazda 6,02·10
23
ta molekula bo‘lib, 22,4 l hajmni egallaydi; 
– 0,5 mol gazda 3,02·10
23
ta molekula bor, ular 11,2 lhajmni egallaydi; 
– 2,24 l Cl
2
gazida 6,02·10
22
ta molekula bo‘lib, uning miqdori 0,1 mol va massasi 7,1 g bo‘ladi. 
Gazning molyar hajmi gaz hajmining (n.sh.dagi) moddani tegishli miqdori n ga nisbatidan topiladi: 
Bunda V – hajm(l- hisobida), n – moddaning miqdori (mol hisobida). 
Avogadro qonuni asosida gazsimon moddalarning molyar massalarini aniq -lash mumkin. Gaz molekulalarining 
massasi qancha katta bo‘lsa, bir xil hajmdagi gazning massasi shuncha katta bo‘ladi. Gazlarning teng hajmlarida 
bir xil sharoitda molekulalar soni bir xil bo‘ladi. Gazlarning teng hajmlari massalarining nisbati ularning molyar 
massalarining nisbatiga teng:m1: m2 = M1: M2 bunda m1– birinchi gaz muayyan hajmining massasi, m2– 
ikkinchi gaz xuddi shunday hajmining massasi, M1va M2– birinchi va ikkinchi gazning molyar massalari. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling