11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

1-savolga javob: 
Eritma erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun
sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir. Eritmalar inson hayoti va amaliy 
faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Inson organizmida ovqat hazm bo‘lishi jarayonida oziq moddalarni hazm 
bo‘lishi ularni eritmaga o‘tishi bilan amalga oshadi. Oziq moddalar hazm fermentlari ta’sirida parchalanadi va 
erib, molekula holigacha o‘tadi. Molekula holidagi erigan oziq moddalarni ichaklar qonga so‘rib olishi 
osonlashadi. Qon, limfa kabi inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suvli eritmalar qatoriga kiradi.
Kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishida ham eritmalarning ahamiyati kattadir. Ko‘pchilik reaksiyalar eritma 
holida amalga oshadi. Chunki eritma tarkibida moddalar o‘zlarining eng kichik zarrachalari hisoblangan 
molekulalargacha yoki ionlargacha maydalangan bo‘lib, bir-biri bilan oson ta’sirlashadilar.
Moddalar turli 
erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar. Erituvchilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlikdeb 
yuritiladi.Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishini ko‘rganmiz. Masalan: osh 
tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni; shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo‘lishini; yod moddasini 
spirtda
eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo‘lishini ko‘rganmiz. Moddalar erituvchilarda 
cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi ma’lum miqdordagina bo‘ladi. Shu miqdorni ifodalash 
uchun eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak. Moddaning 100 g erituvchida ayni 
haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti(eruvchanligi) deyiladi. 
Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20
o
C dagi eruvchanligi 36 ga tengligini 
bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20
o
C) = 36 Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: 
1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi). KCl, NaNO
3
, shakar, spirt, gazlar (HCl, 
NH
3
). 
2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H2O)1g dan kam eriydi). CaSO
4
, CaCO
3
, BaSO
4
, MgCO
3
, PbSO
4
, benzin, 
gazlar (CH
4
, N
2
, H
2
). 
3) Amalda erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam).oltin, kumush, mis. 
Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan: moddaning tabiati va haroratga bog‘liq. 
Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya’ni harorat ko‘tarilganda ularning
eruvchanligi kamayadi. Harorat pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi. Gaz moddalarning 
eruvchanligiga bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bosim yuqori bo‘lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim
pasaysa eruvchanlik ham kamayadi.
Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalar: 
1. To‘yingan eritma. 
2. To‘yinmagan eritma. 
3. O‘ta to‘yingan eritmalarga bo‘linadi. 
Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy olmaydigan eritma to‘yingan 
eritmadeyiladi.
Agar biror eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin bo‘lsa, bunday eritma to‘yinmagan
eritmadeyiladi. To‘yinmagan eritmadagi erigan modda miqdori shu haroratda tayyorlangan to‘yingan eritma 
tarkibi -da bor bo‘lgan modda miqdoridan kam bo‘ladi. Biz amalda asosan to‘yinmagan eritmalar bilan 
ishlaymiz. 
O‘ta to‘yingan eritmada – erigan modda miqdori shu harorat uchun to‘yingan eritma tarkibidagi bor
bo‘lgan modda miqdoridan ko‘proq bo‘ladi.
Ma’lum massadagi yoki hajmdagi eritmada erigan moddaning massasini yoki miqdorini ifodalovchi tushunchani 
eritma konsentratsiyasi deyiladi.
Eritmani konsentratsiyasini aniq ifodalash usullaridan quyidagilari bilan 
tanishib o‘tamiz. 
1. Foiz konsentratsiya; 2. Molyar konsentratsiya; 3. Normal konsentratsiya. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling