11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/44
Sana21.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1645363
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari 1

Sanoatda olinishi.Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olin gan azot va suvni elektroliz qilib olingan 
vodorodni katalizator, bosim va harorat ta’sirida reaksiyaga kirishtirib olinadi:
N
2
+ 3H
2
= 2NH
3
+ Q. 
Azot bilan vodorod aralashmasi odat dagi sharoitda reaksiyaga kirish maydi. Azotning vodorod bilan o‘zaro ta’ 
sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o‘ng tomonga (NH
3
hosil bo‘lish tomonga) siljitish uchun: 
1. Bosimni orttirish zarur. 
2. Haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo‘lish reaksiyasining unumi pasayib ketadi. 
3. Katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator — Al
2
O
3
, K
2
O va temir aralashmasi. 
laboratoriyada ammiak olish
13-BILET 
1. Reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar. 
2. 17.43 % li 400 g KBr eritmasiga necha g AgNO

qoʻshilganda eritmadagi KBr ning massa ulushi 10 % 
boʻladi? 
3. Neytrallanish reaksiyasiga doir tajribalar bajaring va ularni izohlang. 
1-savol javobi: 
Kimyoviy reaksiya – zarrachalar (molekula, atom, ionlar) dan yangi zarrachalar hosil bo‘lishidir. Ba’zi bir 
kimyoviy reaksiyalar juda tez sodir bo‘ladi, boshqalari esa sekin borganligi tufayli bir necha soat yoki bir necha
kun davom etishi mumkin. Juda tez boruvchi reaksiyalar ko‘pincha portlash bilan boradi. Poroxning yonishi, 
ichki yonuv dvigateli silindrida 15:1 nisbatda aralashtirilgan havo va benzin (mos ravishda)ning yonishi juda tez 
boruvchi reaksiyalarga misol bo‘la oladi. Bariy xlorid va sulfat kislotasining eritmalari aralashtirilganda ham oq 
cho‘kma juda tez fursatda hosil bo‘ladi. 
BaCl
2
+H
2
SO
4
=BaSO
4
+ 2HCl 
Temir korroziyasi juda sekin kechadi.
4Fe + 6H
2
O + 3O
2
=4Fe(OH)
3
Uning mahsulotini ko‘rish uchun ancha uzoq vaqt kutish kerak. Reaksiyaning o‘rtacha tezligi– bu reaksiyaga 
kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan mahsulotning konsentratsiyasini ma’lum 
vaqt birligi ichida o‘zgarishidir. Reaksiya o‘rtacha tezligini aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi. 
yoki 


Modda miqdorining hajmga bo‘lgan nisbati molyar konsentratsiyani ifodalaydi. 
Shu formulani hisobga olsak, kimyoviy reaksiyalarni o‘rtacha tezligini aniqlash formulasi quyidagi 
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Kimyoda reaksiya tezligi “mol/litr∙minut” yoki “mol/litr∙sekund” bir liklarida 
o‘lchanadi.
Reaksiya tezligini aniqlash uchun: 1) reaksiyada necha mol modda hosil bo‘lishini yoki sarflanishini bilish kerak; 
2) reaksiya qancha vaqt davom etishini bilish kerak; 3) reaksiya o‘tkaziladigan idish hajmini bilish kerak. 
Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar Reaksiya tezligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi 
modda tabiatidir. Ishqoriy metallar qatoriga kiruvchi kaliy va litiyni suv bilan reaksiyasida vodorod gazini hosil 
qilish xususiyatiga ega. Lekin ikkala reaksiya bir-biridan tezligi bo‘yicha farq qiladi. Kaliy suv bilan reaksiyaga 
kirishganda vodorod juda tez sur’atda ajralib chiqa boshlaydi va hattoki ajralib chiqishi bilan yonib ketadi.
2K + 2H
2
O = 2KOH + H
2
2H
2
+ O
2
= 2H
2

Litiyda esa bunday emas, vodorod sekin-asta, mayda pufakchalar hosil qilib ajrala boshlaydi.
2Li + 2H
2
O = 2LiOH + H
2
Kaliy va litiyning har xil tezlikda reaksiyaga kirishishi ularning tabiati ya’ni elektron berish xossasi bilan 
izohlanadi. Kaliy atomini radiusi kattaroq bo‘lgani uchun uni elektronni berishi litiyga nisbatan tezroq amalga 
oshadi. Reaksiyani tezligi moddalarning konsentratsiyasigaham bog‘liq bo‘ladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling