11-sinf Ma’naviyat asoslari aa
Download 1.06 Mb.
|
11-sinf Ma'naviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi
- III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- IJODIY FAOLIYAT
- Dars sabog‘i.
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
- «Osuda yashashning 99 siri» Baholash
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. II. O’tilgan mavzuni takrorlash: “Guruhlarda ishlash” O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi. III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Muloqot madaniyati deganda nimani tushunasiz? 2. Nima deb o‘ylaysiz? Jamiyat madaniyatsiz va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay oladimi? 3. O‘zaro munosabatlarga kirishning qanday qoidalari mavjud? 4. Do‘stlashish madaniyati deganda nimani tushunasiz? Do‘st tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
va qadriyatlaridan alohida tasavvur eta olmaydi. Jamiyatda insonlar amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafk uraviy va shu kabi munosabatlarning debochasida muloqot turadi. Inson jamiyatda yashar ekan, kim bilan bo‘lsa ham o‘zaro muloqotga kirishadi. Inson muloqotga kirishishi uning shu jamiyatning a’zosi, harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi kuchi sifatida talqin qilinadi. Muloqot qilishda muomala odobi muhim ahamiyatga ega. Yaxshi muomala baxt-saodatning kaliti. Insonlararo muloqotda namoyon bo‘ladigan odob-axloq belgilari, bu — xushfe’llik, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik va boshqalardir. Muloqotning asosiy manbaini so‘z tashkil etadi. Xalqimizda, «Yaxshi so‘z — jon ozigi, yomon so‘z — jon qozig‘i», degan maqol bor. Yaxshi yoki yomon so‘z insonning ruhiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ulug‘ allomamiz Mahmud az-Zamahshariy shunday deydi: «Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir». So‘zlash va tinglay bilish ham muloqot madaniyatini tashkil etadi. Bu o‘rinda Yusuf Xos Hojib «O‘ynab so‘zlasang ham, o‘ylab so‘zla» degan. Yoki bobolarimiz: «Sen shunday gapirginki, so‘zlaring sadaf qadriga teng bo‘lsin, shunday sukut saq laginki, ul dur-u gavharga aylansin», deya bejiz aytmaganlar. Demak, muloqot jarayonida so‘zlarni tanlab gapirishni, nima deyishni, qaysi paytda tinglashni va sukut saqlashni bilish lozim. Shirinso‘z, mulohaza-mushohada bilan samimiy muloqotda bo‘lish har bir insonning fazilat va burchidir. Umuman olganda, muloqot kishilarning bir-biriga ta’siri, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi sifatida o‘zaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda jamiki jonzotlar pinxona va oshkora muloqotga kirishadi. Lekin faqat insonlargina ongli tarzda bir-biri bilan muloqot qiladi. Bir-biri bilan munosabati uning insoniy fazilatlarini ochib beradigan muhim xususiyat, jarayon hisoblanadi. Tanishish va munosabat o‘rnatish qoidalari insonni muloqotga kirishishi bilan aloqador. Unga ko‘ra, tanishib munosabat o‘rnatishda kiyinishi, o‘zini tutishi, so‘zamolligi va kirishimliligi bilan bog‘liq jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aytishlaricha, kiyimiga qarab kutib oladilar va aqliga qarab kuzatadilar tamoyiliga asosan tanishish va munosabat o‘rnatishda har ikki tomonning qiziqishlari, tafakkur tarzi, ma’naviyati va madaniyatliligi mhisobga olinadi. Munosabat o‘rnatishda har ikki tomon bir-birini tushunishi va anglashi lozim bo‘ladi.
1. Do‘st tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Ma’naviyatli inson qanday insonlar bilan do‘st tutinadi? 2. Quyidagi hikoyani o‘qing.
3. Bu do‘stning qanday ma’naviy go‘zal jihatlarini o‘zingizda olishingiz mumkin? 4. Nima deb o‘ylaysiz? Insonda bunday go‘zal tarbiyaning shakllanishida ota-ona, oila, muhitning qanday ta’siri bor? Har bir narsaning mantiqiyligi va madaniyati bo‘lgani kabi do‘stlashishning ham madaniyati mavjud. Bunda, eng avvalo, ikki tanishuvchi shaxs bir-birini uzoq muddat sinashi, mushkul holatlarda sidqidildan yordamga kelishi har qachongidan muhimdir. Do‘st tutingach, sodiq do‘st bo‘lish va do‘stlikni qadrlash lozim. Chin do‘stning borligi kishining o‘z hayoti davomida turli qiyinchilik va sinovlarni yengib o‘tishida ham qanot, ham yelkadosh sifatida yordam ko‘rsatadi. Jaloliddin Rumiy aytganidek, «Oqil do‘sti bo‘lgan kishining ko‘zguga ehtiyoji yo‘q». Chunki haqiqiy do‘st oynadek kishining nuqson-u kamchiliklarini yuziga aytib, uni yomon odatlardan qaytarib turadi.
1. Muloqot madaniyati nima uchun kerak? 2. Muloqot madaniyati yuksak rivojlangan inson bilan ma’rifatli insonning farqi nimada? Fikringizni asoslang.
Tosh eriydi, ammo u erimaydi. U kim? BILIB OLING! XII asrda yashagan Shayx Azizuddin Nasafi yning «Komil inson» kitobida quyidagilarni o‘qiymiz: Odamiylik alomati to‘rt sifatdir, ya’ni: yaxshi so‘z, yaxshi ish, yaxshi xulq va ma’rifat. Kimda ushbu to‘rt sifat bo‘lsa, odamiydir, ammo kimdaki bu sifatlar bo‘lmasa, u odamiylardan emas. Kimki ushbu to‘rt sifatni kamolga yetkazgan bo‘lsa, komil insondir. «Osuda yashashning 99 siri» Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling