11-sinf Ma’naviyat asoslari aa


-sinf Ma’naviyat asoslari


Download 1.06 Mb.
bet19/34
Sana12.12.2020
Hajmi1.06 Mb.
#165436
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari


11-sinf Ma’naviyat asoslari

aa



10-dars: Aqliy va ma’naviy salohiyatning jamiyat ma’naviy yangilanishidagi o’rni.


Ta’limiy: Maktab – taraqqiyotning boshi, baxtu saodatning kaliti. Ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. Ma’rifat – ezgulik yo’li.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat tuyg’usida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni din va ijtimoiy hayot haqida tushuncha berish.

  • Kommunikativ kompetensiya: (TK1)

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiya: (TK5)

  • Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: (TK2)

axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish;

  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: (TK3)

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

1. Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

Odob-axloq (kiyinish, muomala, muloqot, jamoat joylarida o‘zini tutish) madaniyatiga ega bo‘ladi;



2. Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

yaxshi va yomon xatti-harakatlarni farqlaydi, ularga fikrini bayon eta oladi;

yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabat bildira oladi;

ilmlilik insonning yuksak ziynati ekanini anglay boshlaydi.




O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI

Dars turi:

aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi

Dars metodi:

Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”

Dars jihozi:

darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT


DARSNING BLOK CHIZMASI:



DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash



8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa




I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.



1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.



III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. «Maktab», «Ma’rifat» va «Ma’naviyat» tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi izohlang.

2. «Ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi», deganda nimani tushunasiz?

3. Quyidagi rasmlarga qarab, ma’naviy salohiyat egalari haqida fi kr yuriting.



Yosh avlod bor bilimini maktabda oladi. Maktabni bilim dargohi deyish bilan bir qatorda o‘quv chining hayot yo‘lini belgilab beruvchi, uni shaxs sifatida shakllanishini kafolatlovchi maskan ham hisoblanadi. Maktab o‘qituvchi va o‘quvchi asosiga quriladi. Unda yuksak ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatlilik ustuvor bo‘lishi lozim. Umumta’lim maktabi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va faoliyati davomida ta’lim-tarbiyani rejalashtirish, o‘quv-pedagogik jarayonni olib borish, maktab ishlarini yuritishni tashkil qilishda qator me’yoriy hujjatlarga tayanadi.

Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, ta’lim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Ma’naviyatimizning asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida turgan ta’lim masalasi Asosiy Qonunimizdan mustahkam o‘rin oldi.

Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga

oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olish lari uchun imkoniyatlar yaratadi. Tabiiyki, yurtimizdagi barcha o‘quv muassasalari kabi maktab ham o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida tarbiyalashga mo‘ljallangan.

Barkamol shaxs ta’lim-tarbiyasi ustuvorligiga ahamiyat qaratgan holda maktab o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga msodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog‘i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni o‘rgatadi. Shuningdek, maktabning zimmasiga bilimli, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish vazifasi ham yuklatilgan.

Muhimi, bugungi kunda axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan, fi doyi inson, o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, sog‘lom avlodni yetkazib berish jamiyat rivojining muhim asosidir.

«Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.»

Shavkat Mirziyoyev
Odamdan yuqori tururkan olam,

Bilim oshirmoqqa muhtojdir inson.

Ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ilm, ma’rifat ham o‘z navbatida madaniyat, ma’naviyat

tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq, ular uyg‘un ravishda qo‘llanadi. Chunki, ma’rifat ma’naviyatga olib keladigan yo‘l, uni shakllantiruvchi vositadir. Shu bois O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Ilm-ma’rifatga qiziqishi sust millatning kelajagi ham bo‘lmaydi».

Ilm-u ma’rifat ma’naviy qaramlikni bartaraf etuvchi kuch, u insonga aqliy, ruhiy quvvat baxsh etadigan omil sifatida namoyon bo‘ladi. U kishilarni jaholat changalidan qutqaradi, buzuq, yomon, gunoh ishlardan qaytaradi, ezgu xulq va odob egasi bo‘lishga ko‘maklashadi.



IJODIY FAOLIYAT

1. Nega bilimli, dono insonlarga nisbatan «maktab ko‘rgan» degan ta’rif ishlatiladi?

2. Maktab bo‘lmaganda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi qanday ahvolda bo‘lardi?

3. Quyidagi hikoyani o‘qib, o‘z fi kringizni bildiring.



Odiljon sinfi da eng a’lochi o‘quvchi. U har kuni uyga vazifani qilish bilan bir qatorda mavzuga aloqador bo‘lgan voqea-hodisalar, jarayonlarni yozib boradi. O‘qituvchi tarix darsidan temuriylar davlati haqidagi mavzuni so‘raganida u Sohibqiron yaratgan «Temur tuzuklari» asaridan saltanatni adolatli boshqarish, davlatda adolatni qaror toptirishda davlat hukmdorining qat’iyatli bo‘lishi lozimligi haqida qo‘shimcha qildi.

Dars yakuniga yetganda sinfdoshlari uning atrofi ni o‘rab olishib, har darsda mavzu bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni topib kelishi sirini so‘rashganida, u har darsdan keyin 2 soat maktab kutubxonasiga kirib, badiiy adabiyotni, yangi chiqqan qonun va qarorlarni muntazam o‘qib, o‘ziga belgilab olishini aytdi.

BILIB, OLING

«O‘zaro totuvlik, maqsadlar mushtarak bo‘lgan joydagina oila farovonligi, yurt ravnaqi, xalq baxt-saodati qaror topadi».



«Hikmatlar xazinasi»

Faqatgina chinakam ilmga, ma’rifatga erishgan odam inson qadri, millat qadriyatlari, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, bir so‘z bilan aytganda, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fi doyilik ko‘rsata oladi.

Shu bois, ma’rifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, uning kelajagi porloq bo‘ladi. Misol uchun, sohibqiron Amir Temur zamonida xalqimiz ma’naviyat-ma’rifat borasida jahonda dong taratgani bejiz emas.

Ma’rifat ma’naviyatga yetaklaydi. Ma’naviyatni hayotga singdirish faqat maorif orqaligina emas, ma’rifat o‘choqlari, turli ijodiy uyushmalar, tashkilot, muassasalar orqali ham amalga oshiriladi. Bu esa odamlar ma’naviy o‘sishini ta’minlaydi, xalq ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishiga imkon beradi.

Ma’rifat orqali insonning iqtidori, iste’dodi, qobiliyati, intilishiga yarasha ma’lum bir darajaga erishadi.

Ma’rifat tarqatish yo‘li bilan siyosat va iqtisod sohalarida umumijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga erishish ma’naviyat ahlining mas’uliyatidir. Chunki chinakam ma’rifatli insonlargina o‘z yurtining taraqqiy etishiga, dunyoda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘sha oladi, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, qodir bo‘ladi. Bu esa ustoz va murabbiylar, ota-onalar, butun jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya beradigan, ularni ma’naviyat-ma’rifatga chorlaydigan ustozlar hurmatini joyiga qo‘yish, ularga munosib sharoit yaratib berish eng dolzarb vazifalardan biridir.

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy: «... Ma’rifatli xalq shijoatli bo‘lur. Shijoat qalbning matonatidan, ruhning salomatligidan iboratdir. Maorifdan, funundan va madaniyatdan mahrum bo‘lgan xalq jaholat panjalarining orasida xamir kabi ezilgandek, a’foli zamirida ham o‘z nafsining yoqasini bo‘shata olmas... Zeroki, jaholat va qo‘rqinch, faqir va muhtojlikdan ziyoda dahshatli bir musibatdir», degan edi.
«O‘n yil och yursang ham ilm yo hunar izlash yo‘lidan qolma».

Abu Hanifa Imomi A’zam

CHISTON-TOPISHMOQ

Ularga erishish, ularni o‘zida jam etish, ularni toppish oson emas. Ularni to‘g‘ri sarfl ash, joyida ishlatish, unumli foydalanish undan ham qiyin. Ular nimalar?



Dars sabog‘i. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jamiyatimiz ozod va erkin istiqbol

sari yuz tutdi, ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Chunki, inson, xalq, jamiyat va davlatning kuch-qudrati fuqarolarning ma’naviy-ma’rifi y tarixi, ma’naviyatning milliy-etnik asoslari, milliy qadriyatlar, xalqning salohiyati boshlang‘ich asos — maktabdagi ta’lim va tarbiyaning natijasidir.



MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR

1. Bugun O‘zbekistonda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ta’lim va tarbiyaning o‘rnini asoslang.

2. Inson aqliy va ma’naviy salohiyatini oshirishda ma’rifatning o‘rni qanday?

3. Biz qanday insonlarni aqliy salohiyatli shaxs deb hisoblaymiz? Fikringizni asoslang.


BILIB OLING

«Butun ma’naviyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, sivilizatsiya degani bu — insonning ,o‘zini kamol toptirish uchun olib borgan kurashining hosilasidir. Barcha dinlar, ta’limotlar inson qobiliyati, ruhiyati va ahloqini o‘rganish, komil insonni tarbiyalab, to‘g‘ri yo‘lga boshlash bilan shug‘ullanib keladilar».



N. Komilov,

«Tafakkur karvonlari»

Baholash:

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling