11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Ish qog`ozlari ustida ishlash. Bayonnoma


Download 1.01 Mb.
bet103/111
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1484015
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111
Bog'liq
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar

Ish qog`ozlari ustida ishlash. Bayonnoma

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:

Bayonnoma, yig`ilish, kengash, axborot



Maqsadlar:

Ta`limiy:ish qog`ozlari ustida ishlash va bayonnoma yozishga o`rgatish.
Tarbiyaviy:savodxon bo`lishning ahamiyatini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: mustaqil ish qog`ozlari bilan ishlashga o`rgatish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Usul:suhbat, tushuntirish.
Tur:bahs-munozara.
Shakl:savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, “Ish yuritish” kitobiSh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.

Shakllantiriladigan
kompetensiyalar

Fanga oid kompetensiya elementlari.
Nutqiy kompetensiya elementlari.
O`z nutqini rasmiy-idoraviy uslubda ifoda eta oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari.
Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi.

DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Usul

Vaqt

I bosqich. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 daqiqa

II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Kun hikmati:
Bu mehnat birla topsang parcha non,
Kishining minnatidin uldur oson.
(S.Olloyor)
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.

Suhbat

1 daqiqa




O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.

“Klaster”



5daqiqa

IV Yangi mavzu bayoni

  1. Yangi mavzuni o`rganish

  2. 1-, 2-, 3-topshiriqlar bajariladi

Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash

16 daqiqa

V bosqich.

Mustahkamlash



1.4-topshiriq bajariladi.

2.Izohlilug`atbilanishlash



Izlanish

Izlanish




10 daqiqa

5 daqiqa




VIbosqich. Darsyakunivabaholash



O`quvchilarning baholarini e’lon qilish



Suhbat


4 daqiqa



VII bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 5-topshiriq.

Tushuntirish

3 daqiqa



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).


II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1.Ohangning shakllanishida nimalar ishtirok etadi?
2.So‘z urg‘usi haqida gapiring.
3.Gap urg‘usi va uning gapdagi o‘rnini tushuntiring.
4. Nutq oqimidagi to‘xtam (pauza) haqida so‘zlang.
5. Gapning mazmuniy-hissiy turlariga xos ohang haqida gapiring.


III. Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Unda ifodalangan fikrlar atrofida o‘z mulohazalaringizni bildiring.
O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlaming tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlar; umuman, faoliyati ish qog‘ozlarini tuzish bilan bogiiq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo‘lishi kerak. Busiz bugungi
taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekan. Ular o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bolmasa, ish vaqtlarining hammasini — 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham, ijobiy natijaga erishish qiyin. («Ish yuritish» kitobi)

Bayonnoma namunasi


O`zbek tili va adabiyoti fanlar kafedrasi 7-yig`ilishining
BAYONNOMASI
2006 yil 31 yanvar Farg`ona shahri
Yig`ilish raisi: yo`lchiyev Q.
Qatnashchilar: Sheraliyeva S, Mirzayeva M, Xoliqova O, Mirtojiyeva G.
KUN TARTIBI

  1. Kafedra haftaligini o`tkazish haqida.

  2. 1-bosqich o`quvchilaridan Ona tili va adabiyoti fanidan oraliq nazorat olish uchun tayyorlangan nazorat savollari to`g`risida.

  3. Ona tili va adabiyoti fani bo`yicha 2001 yilda chiqarilgan o`quv dasturi haqida

  4. Ona tili va adabiyoti xonasini tematik qayta jihozlash haqida.

Eshitildi: (1-masala yuzasidan kim so`zlagani va nimalar degani tog`risida yoziladi)
So`zga chiqqanlar: (1-masala yuzasidan qatnashchilardan kimlar so`zga chiqqanligi va nima deyilgani yoziladi)
Eshitildi: (2-masala yuzasidan kim so`zlagani va nimalar degani tog`risida yoziladi)
So`zga chiqqanlar: (2-masala yuzasidan qatnashchilardan kimlar so`zga chiqqanligi va nima deyilgani yoziladi)
Eshitildi: (3-masala yuzasidan kim so`zlagani va nimalar degani tog`risida yoziladi)
So`zga chiqqanlar: (3-masala yuzasidan qatnashchilardan kimlar so`zga chiqqanligi va nima deyilgani yoziladi)
Eshitildi: (4-masala yuzasidan kim so`zlagani va nimalar degani tog`risida yoziladi)
So`zga chiqqanlar: (4-masala yuzasidan qatnashchilardan kimlar so`zga chiqqanligi va nima deyilgani yoziladi)
Yig`ilish kun tartibidagi masalalarni muhokama qilib, quyidagicha
QAROR QILDI:
1. ______________________________________________________
2. ______________________________________________________
3. _______________________________________________________
4. _______________________________________________________


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling