11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brifing va ibtido
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. 1.Sinf davomatini aniqlash. 2.Kun yangiliklari haqida suhbat. II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”. 1.O`zbek tili taraqqiyoti, eng avvalo,uning qaysi sathida namoyon bo`ladi va nima uchun? 2.Brifing va ibtido so`zlarining izohini ayting. III.Yangi mavzu bayoni. Odob juda keng va qamrovli tushuncha bo‘lib, u nutqni to‘g‘riva o‘rnida qo‘llash odobini ham o‘z ichiga oladi. Buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» kitobida«Odobning boshi tildir» degan maqol qayd qilingan. Ulug‘ allomaYusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida «til ardami» (nutq odobi) haqida bir qancha go‘zal hikmatlar mavjud: 1. So'zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. 2. Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi, Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi. 3. Aql ko‘rki so‘zdir va til ko‘rki — so‘z, Kishi ko‘rki yuzdir, bu yuz ko‘rki — ko‘z. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy so‘zning muloqotdagio'mini bilishni insonaxloqining asoslaridan hisoblagan, aniq valo‘nda gapirishni fazilat deb bilgan: Bir deganni ikki demak xush emas, So‘z chu takror topti, dilkash emas. Tariximizda go‘zal nutq, nutq odobi, ona tilining qudrati kabimasalalar hamisha allomalarimiz diqqat markazida bo‘lib kelgan.Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, AshuraliZohiriy kabi bir qator ma’rifat darg‘alari tilimiz muhofazasi, tilning sofligi va nutq odobi haqidagi jiddiy fikrlarni bayon qilganlar. Bugungi nutq madaniyati tushunchasi nutq odobini ham o‘zichiga oladi. Nutq madaniyati fikrni mustaqil, ravon, go'zal va nutqvaziyatiga muvofiq tarzda ifodalashni nazarda tutadi. Raso nutqmadaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviykamolotining muhim belgisi, o‘ziga xos ko‘zgusidir. Nutqiy muloqotning samaradorligi nutq madaniyatiga bog‘liq, chunki madaniynutqqina chinakam ta’sir kuchiga ega bo‘la oladi. Tilshunoslikda «nutq madaniyati» termini, asosan, ikki xil ma’noda qo‘llanadi, ya’ni: 1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarningbarchasini mujassamlashtira bilishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malakava bilimlarning jami; 2) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutqvaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o‘rganish va o‘rgatish bilanshug‘ullanuvchi bo`limi. Darslikdagi 7-mashq guruhlarda ishlash orqali og`zaki bajariladi. 8-mashqda “Maqollarni izohlang” interfaol turidan foydalaniladi: Sevdirgan ham til, Bezdirgan ham til. 9-mashq mustaqil ish sifatida beriladi. 10-mashqda og`zaki bahs-munozara otkaziladi. 11-mashqda kitob o`qish va kitobxonlik madaniyatiga e’tibor qaratiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling