11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Lingvistik kompetensiya elementlari


Download 1.01 Mb.
bet14/111
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1484015
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Bog'liq
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar

Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida nutq uslublaridan to`g`ri foydalanish.
Mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.

DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Usul

Vaqt

I bosqich. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 daqiqa

II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Kun hikmati:Oqil o`z so`zin o`rnida so`zlagay
Ham javobini munosib ko`zlagay.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.

Suhbat

1 daqiqa

III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash

O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.

“Tezkor savol-javob

5 daqiqa

IV Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni o`rganish:
13-14-mashqlar bajariladi

Ilmiy matn ustida ishlash

16 daqiqa

V bosqich.

Mustahkamlash



1.Mashqlarbajarish. 15-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash

Izlanish

Izlanish




10 daqiqa

5 daqiqa




VIbosqich. Darsyakunivabaholash



O`quvchilarning baholarini e’lon qilish



Suhbat


4 daqiqa



VII bosqich. Uyga vazifa berish

16-mashq

Tushuntirish

3 daqiqa


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1.Sinf davomatini aniqlash.
2.Kun yangiliklari haqida suhbat.


II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”.
1“Yaxshi so`z qand yedirar, yomon so`z pand yedirar” mavzusidagi yozma matn tahlili.
2. Jadvalni to`ldiring:



Hikmatli so`z

Muallifi

1.So`zingga ehtiyot bo`l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo`l, tishing sinmasin.
2.Bir deganni ikki demak xush emas,
So`z chu takror topti, dilkash emas.
3.O`z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o`tirganlarnibugun tushunish ham, oqlash ham qiyin.
4. So`zning boyligi – odamning chiroyligi.






III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi 1-topshiriq sharti asosida bajariladi.
Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiyholatni tinglovchi (o‘quvchi)ga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sirqilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo'lishiuchun, albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buninguchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo‘lishi kerak.
Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar birqancha bo‘lib, ularning asosiylari qatoridaquyidagilarni ko‘rsatishmumkin: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik,jo‘yalilik.
Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liqholatda nutq madaniyatining ikki bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqdato‘g‘rilik sifatining mavjudligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham mujassamlashtirishesa nutq madaniyatining ikkinchi — oliy bosqichi sanaladi.

1 3-mashq E.Vohidiovning “So`z latofati” kitobidan olingan matn o`qiladi, undagi maqolda nutq aniqligi va mantiqiyligiga yetkazilgan zarar haqida mulohazalar bildiriladi.


Xalqda «Mehmon otangdan aziz», «Ustoz otangdan ulug‘» degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulug‘, otadan aziz inson bo'lmaydi debaytgan, chog‘i, keyingi vaqtda «Mehmon otangdek aziz», «Ustoz otangdekulug‘» deyish urf bo‘ldi. Otadan ulug‘ va aziz kishining yo‘qligi - haqiqat. Aynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi.


Maqolni tahrir qiluvchi oshnolarga maslahatim bor: Agar «-dan» o‘rniga «-dek» qo‘shishni juda xohlasangiz, xalqning boshqa bir iborasi borki,uni shunday tahrir qilsa, savobli ish bo‘ladi. «To‘ylar qiling, qamishdanbel bogiab xizmat qilay», — deydilar. Aslida, qamishdan bel bog‘lash emas, qamishdek bel bog`lab xizmat qilish to‘g‘riroq bo`ladi.
14-mashqda xonim, begim so`zlarini asos va qo`shimchalarga ajratiladi. –imqanday qo`shimcha? Javobingizni 14-mashqdagi matnga solishtiring.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling