11-sinf ona tili va adabiyot


momosi, – dedi. – Bu kishi


Download 48.73 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi48.73 Kb.
#1497263
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-sinf ona tili va adabiyotdan test (3)

momosi, – dedi. – Bu kishi qayerdan biladi? – dedi ayoli. Qoplon u yog‘ini aytmadi. (Tog‘ay Murod)
A) Qо‘rquv asosidagi. B) Mensimaslik asosidagi.
C) Andisha asosidagi. D) Hurmat asosidagi.***
56. „Bir tonnalik beton plita shunchaki o‘z og‘irligini ko‘tarolmay chokidan uzilib ketdi, bir emas, uch qavatni bosib qoldi. Yaxshiyamki, kechasi bo‘lgan. Agar shu falokat ertalab, maktab bolasi o‘qishga ketayotganida yoki kechqurun odamlar ishdan qaytayotganida ro‘y bersa …“ (O‘.Hoshimov)
Nuqtalar o‘rnida muallif nazarda tutgan fikrni qo‘ying:
A) Zudlik bilan yangisini qurishga buyurtma berilardi.
B) Talafot juda katta bo‘lardi.
C) Odamlar beton tagida qolib o‘lardi.***
D) Katta yo‘l to‘silib qolardi.
57.«Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi so‘zlar qaysi obraz tilidan aytiladi? Moslikni toping.



So’zlar

Obraz

        1. Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay hamma lashkarlarimning atrofini aylanib, agar ag‘riqi bo‘lsa, borib ko‘rub sihatligiga muhojot qilurman...»

        2. «Ey Sulaymon, aning ma’nisi olam yeldek o‘tar. Aning borcha ishi behudadur. Yelning vujudi bo‘lmas, hamma ishlari foniydur. Ani minguncha ma’rifat markabini minganingizda erdi, ko‘z yumub ochg‘uncha Arshi a’loga borur erdingiz».

        3. «…Qochg‘il, yerning tagiga kir, nobud bo‘lursan, charoki, Hazrat Sulaymonning lashkarlari o‘tadir. Poymol bo‘lmag‘il»

  1. Qarinchg‘a

  2. Sulaymon payg‘ambar

  3. Mo‘rcha

  4. Manzara




A)1-b, 2-d, 3-a B)1-d, 2-c, 3-a C)1-a, 2-b, 3-c D)1-c, 2-d, 3-a***

58.Qaysi javobdagi barcha so'zlarda imloviy xatolikka yo'l qo'yilmagan?


A) nomoyon, shoffof, tamosha B) basharot, muomila, tajovuzkor
C) torozi, tofovut, sazovor D) mabodo, lavozim, tobora***
59. Yaxshi tarbiya ko'rgan odam... xislatlari... biri shuki, и sheriklari... yordam qo'li... uzatadi, safi... kengaytirib, yangi g'alaba... ko'zlaydi. Ushbu gapda nechta so'zdagi nuqtalar o'rniga tushum kelishigi qo'shimchasi qo'yiladi?
A) 1 B) 4 C) 3*** D) 5
60.Keltirilgan so'zlardan nechtasi bo'g'iz undoshi bilan boshlanadi? ...apriqib, ...uvillagan, ...avotir, ...urofot, ...o'rsinib, ...ovur
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to'rttasi***
61. Rauf Parfining she’rlari to‘g‘ri solishtirilgan javobni belgilang.

She’r nomi

Bayt

1.”Yana qaytib keldim”
2.” Yoz kechasi”
3.” Yomg‘ir yog‘ar”
4.” Tong otmoqda ”

a) “Shu tong uchun kelgan jahonga, Va shu tong deb o‘tar odamlar”
b)” Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Men unga ochaman bag‘rimni”
c)” Yoz kechasi. Osmon – falakda Kunduzning kitobi o‘qildi”.
d)” Tom ustida maysalar o‘sgan Uyimizni sog‘indim, ona”
e)” Go‘yo baribirdir yaxshi va yomon, Yurak, senga borar ko‘chalar ochiq”

A)1-a,2-c,3-b,4-e B)1-d,2-a,3-c,4-e C)1-c,2-b,3-a,4-d D)1-d,2-c,3-b,4-a***


62. Aytishlaricha, bir havaskor muxbir nohiya ro'znomasiga maqola yozib olib borgan emish, muharrir ko'rib: «Xo'sh, nima, Dneproges qurilibdimi, bu haqda butun boshli maqola chiqarsak?!» (Asqad Muxtor) Ushbu gapda bugungi adabiy til me’yoriga nomuvofiq qo'llangan “ro'znoma” so'zining muqobili qaysi javobda berilgan?
A) gazeta *** B) jurnal C) matbuot D) nashriyot
63.Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» (Ikki til muhokamasi) asarida fors-tojik va turkiy tillar bir-biriga solishtiriladi. Ushbu gapda qavsning qo'yilish sababini tushuntiring.
A) kirish birikma bo'lgani uchun
B) izoh ma’nosidagi so'z bo'lgani uchun ***
C) asar nomining ikkinchi varianti bo'lgani uchun
D) hamma hukm to'g'ri
64.Qaysi turkumga oid qo‘shma so‘zlar asosan ajratib yoziladi? 1. ot 2. sifat 3. olmosh 4. son 5. ravish 6. fe'l
A) 3,4 B) 1,2,3 C) 3,4,6 *** D) 3,4,5,6
65. Mashrab qayerda va qanday oilada tug‘ilgan?
A) Andijonda bo‘zchi kosib oilasida dunyoga kelgan.
B) Namanganda shifokor oilasida dunyoga kelgan.
C) Andijonda hunarmand oilasida dunyoga kelgan.
D) Namanganda bo‘zchi kosib oilasida dunyoga kelgan.***
66. To’g`ri yozilmagan so’z berilgan qatorni toping.
A)Afv B)Xoqon C)Istehzomuz*** D)Boyaqish
67.Ichi bo’sh so’z ishtirok etgan gap qatorini toping?
A)Kelayotgan yil qutlug‘ bo‘lsin
B)Kim birovga choh qazisa,o‘zi yiqiladi***
C)Bobom olim bo‘lgan
D)Bugungi ishni ertaga qo‘yma
68.Qaysi gapda shakldosh so‘zlar ishtirok etgan?
A)Tayyorga ayyor bo‘lma B)Darsga tayyor bo ‘lgin
C)Hisob-kitobni bilish kerak D)Yoz o‘tadi soz***
69. "Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o'zbek adabiyoti darg'alari duosini olgan, o'z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san'atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko'rmaydi". Shoir haqidagi ushbu fikr muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Abdug'afur Rasulov ***
C) Umarali Normatov D) Naim Karimov
70. Denison Ross, ingliz olimi Bobur haqida qanday fikrlar bildirgan?
A) “Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydangina keyingi o‘rinda edi. U sof va nafosatli turkiyda devon tartib etdi. U nazm yo‘lida «Mubayyin» atalmish asarini yaratib, shu bilan ko‘pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta’limotning muallifi bo‘ldi, shuningdek, turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va «Risolayi volidiya»ni tarjima qildi”.***
B) “Bobur nainki mamlakatda siyosiy ahvolni o‘zgartirdi, balki saltanatni g‘arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi”.
C)”Bobur o‘z diniy e’tiqodini e’zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom qilsa-da, ularni o‘z siyosiy muammolariga doxil bo‘lishlariga imkon bermas va firqaparastlik xususidagi maslahatlarni qabul etmasdi”.
D) “Bobur esa Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasida o‘z saltanatini barpo qilib, so‘ng o‘rtadagi shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma’rifiy markazga aylandi”.
Download 48.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling