11 sinf «O’zbekiston tarixi»
-§. MADANIYAT VA SPORT SOHALARIDAGI YUTUQLAR
Download 225.63 Kb.
|
11 sinf «O’zbekiston tarixi» (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 - b о b O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYaTI BILAN HAMKORLIGI 34-§. SIYoSIY VA IQTISODIY IMKONIYaTLAR
- 35-§. TASHQI SIYOSAT ASOSLARINING YARATILISHI.
33-§. MADANIYAT VA SPORT SOHALARIDAGI YUTUQLAR 1991-yilda Farg‘onada va 1993-yilda Xivada davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi. 1993-yilda Toshkent shahrida hashamatli «Turkiston» saroyi ish boshladi. 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari ochildi. 2001-yilda Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatri butunlay qayta qurilib, unga O‘zbek milliy akademik teatri nomi berildi. 2002-yilda Toshkent Davlat konservatoriyasining yangi, muhtasham binosi ishga tushirilib, unga O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi maqomi berildi. Bulardan tashqari, Andijonda jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, u 1994-yilda Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 2000-yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri to‘la ta’mir etildi. Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasalari moddiy bazasini mustahkamlashga mamlakat rahbariyati katta e’tibor berganligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yanada keng yo‘l ochildi. Navoiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Hidoyatov nomidagi teatrning Angliya, Shotlandiya va Germaniyaga, Rus yoshlar teatrining Qohiraga safarlari shular jumlasidandir. Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusiga e’tibor kuchayganligi ham istiqlolning buyuk ne’mati. Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya teatridan so‘ng ikkinchi bo‘lib, O‘zbek milliy akademik teatrida Sohibqiron hayoti haqidagi drama sahnaga qo‘yildi. Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qator teatrlarida yangi sahna asarlarining ko‘riklari bo‘lib o‘tdi. A.Hidoyatov nomidagi o‘zbek Davlat drama teatrida jahon badiiy xazinasining o‘lmas durdonalaridan biri Abdulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asari 1000 yilligiga bag‘ishlab, mazkur asar asosida «Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho‘lpon qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, chin muhabbat, insof-diyonat ulug‘lanib, fisq-u fasod hamda tajovuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana sahna yuzini ko‘rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining ijodiy jamoasi mazkur tomoshani o‘z muxlislariga taqdim etdilar. 1998-yili Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi sharafiga Alisher Navoiy nomidagi katta opera va balet teatrida M.Vafoyevning «Al-Farg‘oniy» asari sahnalashtirildi. 1994-yili «Humo» yoshlar teatrining halqaro festivali muvafaqqiyatli o‘tdi. Unda o‘nlab yangi sahna asarlari namoyish etildi. Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o‘zaro ijodiy hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur soha jamoalarining 1992-yilning 26-martidan to 4-aprelgacha «Navro‘z—92» xalqaro anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanning g‘oliblari aniqlandi. Oliy mukofot (Gran Pri) — Turkmaniston Davlat yoshlar teatrining «Dalli Dumbul» spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti — Y.Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining «Toshkentga sayohat» komediyasiga berildi. 1997-yilning oktabr oyida esa Toshkentda «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali o‘tkazildi. Festivalda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan teatr san’atkorlari bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari teatrlari ham o‘z asarlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkongning «Rezolyu» teatri jamoasining «Osmono‘par binodagi ikki odobli xizmatkor» spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri jamoasining «Donnitorn xonimning esdan og‘ishi» operasi, Turkmaniston Respublikasi A.Qulahmedov nomidagi teatr jamoasining «Payg‘ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 2003-yili O‘zbek milliy akademik drama teatrida Y.Muqimovning «Spitamen» asari sahnalashtirildi. Bu tarixiy mavzuni zamonaviy sahna talqini sifatida milliy san’atimizning katta yulduzi bo‘ldi. Ayni paytda o‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanishi va takomillashishi jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu milliy o‘zlikni anglash, milliy tafakkur va milliy istiqlol mafkurasining qudratidir.
O‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar» deb nomlangan navbatdagi oltinchi ko‘rik-tanlovi ilgarigilaridan farqli o‘laroq uch bosqichda o‘tkazildi. Uchinchi bosqich g‘oliblari «Bahor» konsert zalida T.Jalilov nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri hamda O‘zbekiston televideniye va radioeshittirish Davlat kompaniyasining D.Zokirov nomidagi O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri jo‘rligida maxsus tanlov dasturini ijro etdilar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46 nafar ijrochi ishtirok etdi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do‘stligi saroyida 1993-yil 14-aprelda vazirlik tasarrufidagi san’at va madaniyat oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talaba-o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» yig‘ma konsertini namoyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo‘shiqlari, dilrabo raqslar, o‘zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy ko‘rgazmalari ham namoyish etildi.
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyida ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi bo‘ldi. Ozod Vatanimiz va mustaqilligimizni tarannum etuvchi eng sara qo‘shiqlar mamlakat bosh hay’ati hukmiga havola etildi. Tanlovda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘pgina millat vakillari faol qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, koreys tillarida ham jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Uch kun davom etgan ko‘rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida hakamlar hay’ati va san’at muxlislari e’tiboriga 60 dan ortiq qo‘shiq tavsiya etildi. Bu ko‘rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining 5 yilligi arafasida Toshkentda Xalqlar Do‘stligi saroyida yakunlandi. Unda viloyatlar, vazirliklar, muassasalar bo‘yicha tanlov g‘oliblari o‘zlarining dilrabo qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar. Tanlov yakuniga bag‘ishlangan katta konsertda, O‘zbekiston Prezidenti, parlament va hukumat raisi va a’zolari, Toshkentdagi diplomatik korpus xodimlari, mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
1998-yilda mamlakatimizda birinchi marta xalqaro simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi bastakorlar uyushmasi o‘tkazgan mazkur festivalda yigirmaga yaqin mamlakatdan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular O‘zbekistonda jahon musiqa san’ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an’analari bilan o‘zbek milliy musiqa san’atining uyg‘unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo‘lishdi. Ushbu festival har ikki yilda o‘tkazilmoqda. Mutal Burxonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Boboyev, Boris Giyenko, Rustam Abdullayev, Mustafo Bafoyev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar. Bugun milliy-an’anaviy qo‘shiqchiligimiz bilan birga milliy estrada san’ati ham tobora rivojlanmoqda. O‘lmas Saidjonov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Sattorova, Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va ularning yuzlab kasbdoshlari o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Shavkat Mirzayev, Baxtiyor Aliyev, Abduhoshim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar yaratgan musiqaviy asarlar aynan ana shu ikki yo‘nalishning taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit’a san’at ahlining diqqatini o‘ziga tortmoqda. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o‘zaro bir-birini tushunishni qo‘shiq orqali, san’at orqali amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatilmoqda. 2003-yili «Sharq taronalari» festivali to‘rtinchi marta o‘tkazildi. Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etmoqdalar. O‘zbek kinosi qariyb 100 yillik tarixga ega bo‘lsa-da, chin ma’nodagi milliy o‘zbek kinosi faqat mustaqillik yillaridagina shakllana boshladi. So‘nggi yillarda yaratilgan «O‘tkan kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Kichkina tabib», «Voiz» kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Mustaqillik o‘zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Asarlari g‘oyaviy jihatdan zararli, o‘zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganila boshlandi. Asarlari chop etildi, sahna yuzini ko‘rdi. Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o‘rnini ro‘y-rost ko‘rsatish boshlandi. Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg‘oniy, G‘azzoliy, Xoja Ahror, Bahouddin Naqshband, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli falsafa, kommunistik mafkuraga yot nazariya deb qaralgan tasavvuf she’riyati chuqur o‘rganila boshlandi. A.Navoiyning yuksak insoniy g‘oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi «Munojot», «Arba’in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg‘ambarlar va hokimlar haqida») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar Qur’on va hadislar chop etildi. Aytish mumkinki, bunday asarlarning xalqimiz qo‘liga yetib borishi butunlay yangi, sog‘lom, sof milliy g‘oyalarimizning, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur tadqiqot va unga o‘xshagan boshqa asarlar milliy istiqlol mafkurasining tantanasini ko‘rsatadi. Amir Temur bilan aloqador orzularning yuzaga chiqishi mustaqillikning ulkan tantanasidir.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligi oldidagi muhim vazifalarni hal etishda, turli yo‘nalishlarda Begali Qosimov, Ozod Sharafiddinov, Naim Karimov, Erik Karimov, Ahmad Aliyyev, Ibrohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Hamidulla Boltaboyev, Vohid Rahim, Bahodir Karimov singari mutaxassislar «Cho‘lponning badiiy olami», «Yassaviy kim edi?», «Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari» kabi to‘plamlarni chop etishdi. I.Haqqulovning «Tasavvuf va she’riyat», N.Karimovning «Cho‘lpon», B.Qosimovning «Maslakdoshlar» (Behbudiy, Ajziy, Fitrat) va O.Sharafiddinovning «Cho‘lponni anglash» kabi maqola va tadqiqotlari milliy istiqlolning mevalaridir. Badiiy publitsistika davrimizning eng hozirjavob janrlaridan biriga aylandi. Yangilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlarning rivojlanish bosqichlari va ular orqali yangilanayotgan inson, yangilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar kengroq qamrab olinadigan va o‘z vaqtida munosabat bildirgan janr sifatida publitsistika o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsata bildi. O‘zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa’dulla ijodlari ayni mustaqillik davrining mazmuni orqali o‘zining yangi imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Omon Muxtorning «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam» va «Tepalikdagi xaroba» romanlaridan iborat «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning qariyb uch ming yillik tariximizni mustaqillik evolyutsiyasi orqali ifodalagan «O‘zbeknoma», «Yangi Xamsa» she’riy romanlari bugungi kun adabiyotining mevasidir. Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlarida xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo‘lib kelgan. O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to‘qqizinchi sessiyasida «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun 2000-yilda yangi tahrirda qaytadan qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda «O‘zbekiston Respublikasi futbolini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 1996-yil 17-yanvarda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» maxsus Qaror qabul qildi. Mamlakatda «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma’naviyatni tiklashga katta e’tibor berildi. Milliy o‘yin va sport turlari bo’yicha har yili musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi. 1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazila boshlandi. 1994-yilda Toshkentda Tennis saroyi qurilib, unda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini» uchun tennis bo‘yicha katta xalqaro musobaqa o’tkazilmoqda. 1992—2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari sport turlari bo‘yicha bir qancha jahon va Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, 1994-yili O‘zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan 12-Osiyo o‘yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqqiyatlarga erishdilar. Ular 42 medalni, jumladan, 10 oltin, 12 kumush, 20 bronza medalini qo’lga kiritdilar. O‘zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. 1996-yil O‘zbekiston sporti tarixida alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston boks federatsiyasi sport bo‘yicha yo‘riqchisi Artur Grigoryan o‘z vazni bo’yicha Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin kamarini» qo’lga kiritdi. 2002-yilgacha 17 marta jahon chempioni nomini saqladi. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi muttasil mustahkamlanib bordi. Ayni paytda mamlakatimizda 300 ta stadion, 5040 ta sport zali, 155 ta suzish havzasi, 33 mingta sport maydonchasi, 5 mingga yaqin futbol maydoni, 2 mingga yaqin otish turi, 13 mingdan ortiq voleybol, 7 mingdan ortiq basketbol maydonchasi, 180 ta tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni, Tennis saroyi va boshqalar sportchilar ixtiyorida. O‘zbekiston sporti tarixida Milliy olimpiya qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2002-yili Vazirlar Mahkamasining bolalar sportini rivojlantirish borasidagi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan aholi turar joylarida, tashkilot va muassasalarda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida maxsus jamg‘arma tuzildi. Uni bevosita mamlakat Prezidentining o‘zi boshqaradi va rahnamolik qiladi. Mazkur qarorga asosan o‘tgan davr mobaynida mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan bolalarning jismoniy va ma’naviy jixatdan uyg‘un ravishda kamol topishini ta’minlash, yurtimizda bolalar sportining asosiy yo‘nalish va turlarini rivojlantirishning tibbiy va ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 2001—2002-yillardan boshlab har yili umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orasida to‘rt bosqichda (maktab, tuman, viloyat va respublika bosqichlari) «Umid nihollari», Akademik litsey, kollej va 10—11-sinf o‘quvchilari orasida «Barkamol avlod», har ikki yilda bir marta oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida «Universiada» sport musobaqalarini o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Umumiy ta’lim maktablari uchun yangi o‘quv yiliga mo‘ljallab jismoniy tarbiya va bolalar sportiga oid o‘quv dasturlari, darslik, metodik qo‘llanmalar hamda plakatlar tayyorlash dasturi hamda 2003-yilda Respublika miqyosida yangi bolalar sport inshootlarini barpo etish dasturlari tuzildi. «Sog‘lom oila» musoboqalarini o‘tkazish Nizomi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur musobaqalar mamlakatimizda har yili «Navro‘z» bayrami arafasida mahallalar miqyosida o‘tkaziladigan bo‘ldi. 2002-yilning o‘zida o‘zbek sportchilari turli musobaqalarda qatnashib 186 dan ortiq oltin medalni qo‘lga kiritdilar. Tennis malikasi Iroda To‘laganova, mashhur bokschi Ruslan Chagayev, Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov va boshqa o‘nlab sportchilarimiz yurtimiz nomini sharaflamoqdalar. 8 - b о b O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYaTI BILAN HAMKORLIGI 34-§. SIYoSIY VA IQTISODIY IMKONIYaTLAR Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida (1999-yil 14-aprel) qilgan «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo‘ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o‘zaro uzviyligi, bir-biriga bog‘liqligi, uning tarqalishiga ba’zan diniy niqoblardan foydalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekstremizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. O‘zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuzyillik va yangi mingyillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‘nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‘tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta qiziqishi bilan unga qarayotganligi fikrimizning dalilidir. Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatlari ham mavjud. Jumladan, beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kunidagi o‘chog‘i — Afg‘oniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada. Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma’lum darajada ko‘p ishlarni ijobiy hal qilishga to‘siq bo‘lib turgan yana bir masala bor.
Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunidan davlatlarning tinch-totuv yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini tashqi siyosat uchun asos qilib olgan. O‘zbekiston 1995-yilda muddati uzaytirilishi lozim bo‘lgan yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani yadro qurolini yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi shartnomaga aylantirish tarafdori bo‘lib chiqdi. Shuningdek, u kimyoviy qurollar bo‘yicha qabul qilgan shartnoma kabi biologik qurollarni ham taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma qabul qilish tarafdoridir. xohlaydiganlar ham yo‘q emas. Buning uchun ular barcha nayranglardan, qolaversa, harbiy kuchdan ham foydalanishi mumkin. Shu sababli mamlakat Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida «Bizning yaxshi tayyorlangan va qurollangan, istiqlolimiz va chegaralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo‘lishi kerak»,— deb alohida uqtirdi. 1995-yil may oyida Prezident I.A.Karimov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik Kengashi tuzildi. 35-§. TASHQI SIYOSAT ASOSLARINING YARATILISHI. Download 225.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling