1998-yili sentabr oyida Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi. 1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
1999-yil dekabrda Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi nishonlanadi. 1999-yil dekabrda Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi nishonlanadi. 1999-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro jamgarmasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 1999-yilda O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari binolari qurildi. 1999-yilda “SamAuto” Samarqand avtomobil zavodi tashkil etildi. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent Islom universitetiga asos solindi. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilgan “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 1999-yildanboshlab 9 may – «Xotira va qadrlash kuni»; 1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi ta’sis etildi. 2000-yil “Sog‘lom avlod yili”deb e’lon qilinadi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. 2000-yil Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta ShHT samitida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000-yilda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2000-yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.