Boshqaruv bloki yuqori darajada a2 aloqa kanal i bo‘ylab ko‘rib chi-qilayotgan tizim holati to‘g‘risida axborot oladi, ayrim qarorlar kirralarini (spektrini) ishlab chiqadi va a1 aloqa kanali bo‘yicha boshqaruv blokiga kerakli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ko‘rib chiqilayotgan tizim faoliyati algoritmida ko‘rsatkichlar hisoboti tartibida, boshqariladigan ob’ekt ishini baholaydigan mezonlarda ayrim o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tashqi muhit bloki tashqi muhitning ko‘plab elementlaridan iborat bo‘lib, qandaydir ma’noda mazkur tizim yoki uning boshqariluvchi ob’ekta bilan o‘zaro harakatlana oladi.
Boshqaruv bloki tashqi muhit axborotlari asosida muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini bashoratlashda va boshqarila-digan ob’ektga ta’sir ko‘rsatishda, shuningdek boshqaruv tizimining o‘zidagi funksional bloklar o‘rtasida o‘zaro ta’sirni yuzaga kelti-rishda bunday bashoratlarni hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai nazaridan axborot jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko‘rinishida boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
1.6-rasmda boshqaruv ob’ektiga boshqariladigan ta’sir ko‘rsatishni ishlab chiqish ko‘rsatilgan.
Qarorlarni amalga oshirish odamlar (ishlash) va mashinalar (mashina harakati) tomonidan bajariladi. Qayd etish lozimki, harakatlar boshqaruvga oid emas. Bu mehnat jarayonini bajarish yoki mashinalar bajaradigan harakatlardir.
Boshqaruvni amalga oshirish jarayonini axborot ma’nosida quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
(1)
bunda: – i – boshqariluvchi ob’ektning t – vaqtdagi holati;
Do'stlaringiz bilan baham: |