11-topshiriq. Bilimlar menejmenti. Mavzu yuzasidan glossariy. Algoritm


Download 1.07 Mb.
bet24/27
Sana24.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1059296
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AKT MT 22-133 G\'ANIBOYEV NURSAIDBEK

Tayanch so’z va iboralar:

Boshqaruv tizimi; tashkilot; boshqarish; axborot konturi; bosh-qarish tizimining ishlashi; tashkilotning axborot tizimi; boshqarish tizimining pog‘onaliligi; axborot tizimining vazifalari.

Takrorlash uchun savollar.


  1. Tashkilot deganda nimani tushunasiz?

  2. Boshqarishning ta’rifini ksltiring.

  3. Korxona boshqaruvidagi axborotlar konturi qanday tashkil qilinadi?

  4. Boshqarish tizimining ishlash prinsiplarini keltiring.

  5. Tashkilotning axborot tizimi nima uchun xizmat qiladi?

  6. Boshqaruv tizimining pog‘onaliligini tushuntirib bering.

  7. Boshqaruv nechta darajadan tashkil topadi?

1.3-§. BOSHQARUV TIZIMI FAOLIYATINING AXBOROT JIHATLARI
Tashkilot boshqaruv tizimining axborot jihatlari deganda, axborot ha-rakatlanishi va qayta shakllanish jarayoni sifatida boshqaruvni aks ettiruv-chi, boshqaruv tizimining vazifaviy ish strukturasini tashkil etuvchi bloklar to‘plami deb tasavvur qilish mumkin (1.5-rasm). Tizimning boshqaruv qismidagi qayta hosil bo‘lish predmeti – bu boshlang‘ich axborotdir.
Yuqori darajadagi boshqaruv bloki va tashqi muhit bloki bayon etilayotgan boshqaruv tizimiga kirmaydi va unga nisbatan ichki hisoblanadi. Shuningdek, ob’ektni boshqarish jarayonini ifodalovchi ichki tizimidagi axborot oqimi paydo bo‘ladi.
a1 va a2 kanallari bo‘yicha o‘tadigan axborot oqimi ko‘rib chiqila-yotgan tizim va yuqori darajadagi tizim o‘rtasidagi bo‘ysunuvchanlik munosabatini ifodalaydi. a1 axborot oqimi ko‘rib chiqilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy – buyruq (ko‘rsatmali) axborotlarining majmuini ifoda etadi. a2 aloqa kanali bu tashkilot boshqarish tizimining boshqaruvchi qismi a1 kirishiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi teskari aloqa kanali sanaladi. Agar tashkilotning boshqaruv tizimi boshqaruvning yuqori darajadagi buyruqlarini hech bir kamchiliksiz bajarsa, u holda a2 ning chiqish joyida a1 ning kirish joyidagi bilan bir xil (vaqti-vaqtida ma’lum bir siljishlar bilan) axborot bo‘ladi, yoki axborot umuman bo‘lmaydi (bu a1 va a2 axborotlari bir xil degani).

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling