Muolajalar xonasi Muolaja xonasi homilador ayollarni tashqi va ichki (qin orqali) akusherlik tekshiruvlari va kichik jarrohlik amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.Bu xonada quyidagilar joylashtiriladi: qinni tekshirish uchun ginekologik kreslo, 1 shkaf, 2 ta stol, 1 stul, kushetka, tumbochka, arterial qon bosimni o‘lchaydigan asboblar, chanoq o‘lchagich,santimetrli tasma, stetoskoplar, harorat o‘lchagich termometrlar. Shkafda bachadon bo‘yni yetishmovchiligini operatsiya yo‘li bilan bartaraf etish uchun tibbiy asboblar (qin ko‘zgulari, ko‘targich), 2 ta qisqich, 2 ta stol, mayda tishli qisqichlar, 2 ta anatomik va xirurgik pinsetlari, to‘g‘ri va egri uzun qaychilar, ignaushlagich, skalpel, har xil tikish ignalari), iðlarni olish to‘plami (anatomik va xirurgik pinsetlar, qaychi, skobkani olish pinseti). Bachadon bo‘yni va qin sanatsiyasi uchun zarur doka piliklar sterillash sanasi ko‘rsatilgan va o‘zi ham sterillangan biksda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |