12- mavzu: Maktabgacha talim tasgkilotlarining oshxonolarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat maxsulotlarining ruyxati
Download 18.83 Kb.
|
12-maxzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatilishiga ruhsat berilmaydi
12- mavzu: Maktabgacha talim tasgkilotlarining oshxonolarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat maxsulotlarining ruyxati Reja:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida tavsiya etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati Go‘sht va go‘sht mahsulotlari: I kategoriyali mol go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi, til); I kategoriyali buzoq go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi, til); I kategoriyali kam yog‘li, suyaksiz qo‘y go‘shti; I kategoriyali tovuq, kurka go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi), haftasiga 2-martadan ko‘p berilmaydi; I kategoriyali quyon go‘shti (sarpanja, kurak qismi, son-chanoq, file, bo‘yin qismi); Baliq: tolstolobik, sazan, mintay, sudak, som; Tuxum: I kategoriyali tovuq tuxumi, og‘irligi 55 grammdan kam bo‘lmagan; Sut va sut mahsulotlari: sut (yog‘lilik darajasi 2,5% va 3,2%), pasterizatsiyalangan, sterilizatsiya qilingan, quruq sut; tvorog (yog‘lilik darajasi 5% va 2,5%) termik ishlov berilgandan so‘ng; o‘tkir ta’msiz qattiq pishloq; smetana (yog‘lilik darajasi 10%, 15% va 20%) -termik ishlov berilgandan so‘ng; kichik idishdagi qatiq, kefir (200, 250, 500 g., hajmi 1 l dan oshmagan). Yog‘lar: sariyog‘ (faqat sigir sutidan tayyorlangan, yog‘lik darajasi 82,5%); o‘simlik moyi (tozalangan va hidsizlantirilgan kungaboqar moyi), taom xamda pishiriqlar uchun ishlatish mumkin; Qandolat mahsulotlari: korxonada ishlab chiqarilgan — djem, murabbo, povidlo, tabiiy asal; Sabzavotlar: kartoshka, oq va qizil boshli karam, gulkaram va brokolli, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, kabachka, baqlajon, patisson, oshqovoq, piyoz, petrushka, ukrop, selder, tomat pastasi, tomat-pyure; Meva va rezavorlar: olma, nok, banan, olxo‘ri; sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon) — allergik statusni hisobga olgan holda; quruq mevalar (turshak, quritilgan uzum, qora olxo‘ri, quritilgan olma, na’matak); Dukkaklilar: no‘xat, loviya, mosh, yasmiq (chechevitsa); Ichimliklar: tabiiy meva sharbatlari, kisel, kampot, na’matak damlamasi; kakao, choy, qaynatilgan sut. Konservalar: mol go‘shtidan tayyorlangan konserva (istisno tariqasida go‘sht bo‘lmagan vaqtda), yashil no‘xat va makkajo‘xori konservasi; Non, yormalar, makaron mahsulotlari: barcha turlari. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga 12-ILOVA Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatilishiga ruhsat berilmaydi kalla-poycha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, o‘pka, elin); barcha yovvoyi hayvonlarning go‘shti; ichi tozalanmagan parranda go‘shti; 2, 3, 4-kategoriyali go‘sht, parranda, baliq go‘shti; go‘shtning yog‘i va shilliq pardalarining miqdori 20 foizdan ko‘p bo‘lishi; xolodets, go‘shtning bezli qismlari, diafragma, kalla go‘shtidan rulet; dudlangan mahsulotlar, barcha turdagi kolbasalar, sosiska, sardelka; charvi yog‘i, dumba yog‘i, margarin va boshqa gidrogenizatsiyalangan yog‘lar; yog‘lilik darajasi 82,5 foizdan kam bo‘lgan sariyog‘ (sigir yog‘i); o‘simlik moyiga sut qo‘shilgan mahsulotlar (spred); tvorog mahsulotiga qo‘shilgan smetana, shokolad, murabbo va o‘simlik moyi qo‘shib tayyorlangan muzqaymoq; qimiz va etanol saqlovchi achitilgan sut mahsulotlari (0,5 foizdan yuqori); pasterizatsiyalanmagan sutdan tayyorlangan tvorog va smetana, termik ishlov berilmagan, katta idishdagi tvorog va smetana; oshxona sharoitida tayyorlangan qatiq; suvda suzuvchi parrandalarni go‘shti va tuxumlari (salmonellyoz bilan zararlanish xavfi bo‘lgani sababli); po‘stlog‘i ifloslangan, yorilgan va salmonellyoz uchraydigan xo‘jaliklardan keltirilgan tuxumlar; barcha turdagi uy sharoitida tayyorlangan konservalar; germetik berkitilishida kamchiligi bo‘lgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqog‘i zanglagan, yorlig‘i bo‘lmagan konservalangan mahsulotlar; ombor zararkunandalari va mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar; pestitsid va nitrat miqdori laboratoriyada tekshirilmagan, mog‘orlagan, buzilgan meva va sabzavotlar; uy sharoitida tayyorlangan va ota-onalar tomonidan uydan olib kelingan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, bayramlar va tug‘ilgan kunlarni nishonlashda); kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar; turli qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; kvas, mors, gazli ichimliklar, sun’iy rang, maza, xid beruvchi vositalar qo‘shilgan taom hamda ichimliklar, yog‘da qovurilgan (frityur) mahsulotlar (grenka, chipslar, fri); mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qaxva; barcha turdagi karamellar; quruq konsentratlar asosida tez tayyorlanadigan 1 va 2 taomlar; bir kun oldingi yoki oldingi ovqatdan qolgan ovqat qoldiqlari; bo‘linmagan yoki maydalangan tuxum bilan makaron; qovurilgan tuxum, omletdan tashqari; tuxum barak; Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling