12 – mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi
Download 28.41 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naqd pullar
Monetar oltin - bu mamlakatning pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotlarida moliyaviy aktiv sifatida saqlanadigan oltin hisoblanadi.
Qolgan barcha korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar qo’llaridagi oltin va oltin buyumlari milliy hisoblar tizimida tovar yoki aylanma mablag’lar zaxirasi sifatida aks etadi. Naqd pullar moliyaviy aktiv sifatida o’zining tarkibiga muomalada mavjud bo’lgan shu mamlakatning yoki boshqa mamlakatning barcha pul birliklarini oladi. Shu bilan birga mamlakatdagi muomalada bo’lmagan yubiley va kollektsiya tariqasida saqlanayotgan tangalar moliyaviy aktivning naqd pullar tarkibiga kirmaydi. Depozitlar ham naqd pul singari to’lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bois ular M2-pul agregati orqali keng ma’nodagi pul massasi tarkibiga kiradi. Depozitlarni hisob raqamlaridan jamg’armada mavjud mablag’ doirasida naqd pul shaklida olib, ishlab chiqarishda ishlatish ham mumkin yoki hisob cheklari orqali foydalanish mumkin. Qimmatli qog’ozlar (aktsiyalardan tashqari) qoidaga asosan moliya bozorlarida sotiladi va sotib olinadi hamda egalik qiluvchiga ma’lum pul daromadlari olish huquqini beradi. Bunday aktivlar guruhiga zayomlar, veksellar va qarz majburiyatlari (dolgovie ob’ezatelstva) kabilar kiradi. Aktsiyalar va ishtirok etuvchi boshqa ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar egalik qiluvchining devidend olish huquqini tasdiqlovchi hujjat va yozuvlar sifatida kapitalda aksini topadi. Shuningdek korporativ korxonaning tugatilishi munosabati bilan barcha qarzlarini uzgandan keyingi qoladigan ma’lum qism mablag’lari ham shu jumladandir. Texnik sug’urtalar rezervlari ham sug’urta polislari egalarining aktivlari va sug’urta kompaniyalari hamda pensiya fondlarining majburiyatlari hisoblanadi. (hayotni sug’urtalash yoki boshqa turdagi sug’urtalar bo’yicha) Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari savdo kreditlari, avanslar va zarur moliyaviy resurslar olish manbalari sifatidagi moliyaviy aktivlar hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotning har bir tarmog’i bo’yicha spravka tariqasida ajratib ko’rsatiladi, chunki bu investitsiyalarga tegishli moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlar yuqorida ko’rsatilgan guruhlar tarkibida hisobga olinadi. (aktsiyalar, zayomlar va boshqalar). Biroq chet el investitsiyalari jami summasining alohida aniqlanishi aktiv va passiv balansining milliy hisoblar tizimidagi boshqa hisob raqamlari bilan bog’lanishi uchun, shuningdek, to’lov balansinini tuzish uchun kerak bo’ladi. BMT ning MHT-93 bo’yicha iqtisodiy aktivlar va passivlar to’g’risidagi ko’rsatmalari ingliz, frantsuz, ispan va rus tillarida nashr etilgan. Unda iqtisodiy aktivlar va passivlarning standart tarkibi va hisoblash uslubiyati bayon qilingan. Shu nashr asosida MDH bo’yicha yagona informatsiya maydoni doirasida MDH Statistika komiteti 1994 yilda Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashga doir tavsiyanomalar ishlab chiqdi va MDH ga kiruvchi mamlakatlar statistika xizmatlariga foydalanish uchun yubordi. Bu tavsiyanomalarda MHT-93 da, milliy boylikning o’rni, kontseptsiyalari, tushunchalari, ta’riflari va klassifikatsiyalari bayon qilinadi. Shu nashrda MDHga kiruvchi mamlakatlar statistikasi faoliyatida milliy boylik statistikasi bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish masalasida takliflar bayon qilingan. Milliy boylik statistikasini MHT-93 asosida tashkil etish va hisoblash ishlari MDH doirasida amalga oshirilmoqda va uni takomillashtirish ishlari davom ettirilmokda. Ma’lumki, Jahon bankining eksperimental hisoblashlarida (1994 yil ma’lumotlari asosida 1997 yilda 92 mamlakat bo’yicha) va milliy boylikning hajmini hisoblashning yangi bosqichi deb ataluvchi qarashlarida (1997 yil ma’lumotlari asosida 2000 yilda 110 mamlakat bo’yicha) milliy boylikning asosiy elementlaridan biri - Qayta tiklanadigan kapital - fizik kapitalning salmog’i 9,0 foizdan (Argentina) 52 foizgacha (Tanzaniya) tashkil etadi. Bu kapitalning tarkibi, hajmi, harakati, baholanishi, iste’moli to’g’risidagi ishonchli statistika informatsiyasi jahonning deyarli barcha mamlakatlarning - rasmiy statistikasida mavjuddir. Bu sohada xalqaro hamkorlik mavjuddir, xalqaro milliy standartlar qabul qilingan. Masalan, O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari” (BHMS) qabul qilingan. Shulardan BHMS №05 “Asosiy vositalar”, BHMS №04 “ Moddiy-tovar zaxiralari”, BHMS №07 “Nomoddiy aktivlar” va boshqa BHMS lar qabul qilingan (1998 yilda), ular asosida “Aktivlar va passivlar balansi” ni tuzish uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlarni hisoblashning andoza (standart) lari tartiblashtirilgan. Ammo bu BHMS hamda “Aktivlar va passivlar balansi ” yo’riqnomalari o’rtasida birmuncha farqlar hisoblashdagi xususiyatlar mavjud va shuning uchun bu paragrafda asosan moddiy ishlab chiqarilgan aktivlar hajmini hisoblashdagi xususiyatlar ustida to’xtalmoqchimiz. Download 28.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling