12 – mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Download 28.41 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi28.41 Kb.
#1491843
1   2   3   4   5
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o’zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to’liq boshlang’ich), joriy (qayta baholangan qiymati-shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o’zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o’z funktsiyasi mavjuddir(1). Asosiy kapitalni - milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta baholangan) dagi qoldiq qiymati ko’rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni o’zgarishi tezligi va amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to’g’ri keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini bermaydi.
12.7-jadval
Aktivlar va passivlar balansida asosiy kapitalni tasniflanishi

Asosiy kapital

Moddiy asosiy fondlar:

Nomoddiy asosiy kapital

  1. Uy-j oylar.

  2. Boshqa binolar va inshootlar

  • uy-joy bo’lmagan binolar

  • boshqa inshootlar

  1. Mashina va uskunalar

  • transport vositalari

  • boshqa mashina va jihozlar

  1. O’stiriladigan aktivlar

- ko’p yillik daraxtzorlar

  1. Geologiya-razvedka ishlari

  2. Kompyuterlarning dasturlari

  3. Ko’ngil ochar, adabiy va badiiy asarlarning asl nusxalari

  4. Boshqa nomoddiy asosiy kapital



Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta baholangan) qiymati - bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash 2 usulda: indekslar (YalM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o’rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo’yicha indeks, deflyator) yordamida yoki to’g’ridan- to’g’ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usullarda amalga oshirilishi tavsiya etildi. O’zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo’yicha) ning eskirishi (iznosi) darajasiga ko’ra “koeffitsientlar” - indekslar yordamida amalga oshirildi.
Respublikada qayta baholashning yutuq va kamchiliklari to’g’risidagi fikrlar vaqtli matbuotda va ilmiy -amaliy jurnallarda bayon qilindi. E’lon qilingan ma’lumotlarga qaraganda Respublika miqyosida asosiy vositalar (fondlar, kapital) ning qayta baholangan qiymati 01.01.2001 holati bo’yicha o’rtacha 4,9 martaga oshdi. Bu koeffitsient mashinasozlik va metallni ishlash sanoatida 3,1 bo’lsa, yoqilg’i sanoatida 11 ga teng bo’lgan. Asosiy kapitalni joriy bahoda qayta baholash milliy boylikni hajmini, moliyalashtirishni real manbalarini ta’minlash (jahonda amortizatsiya ajratmalari qariyib 75,0% ga teng), xususiylashtirish ishlarini to’g’ri amalga oshirish maqsadlarida o’tkaziladi.
Asosiy fondlarni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o’zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning to’liq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o’zgaradi. Demak asosiy fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to’liq qiymatini o’zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o’zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo’llaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiya (kengroq ma’noda - asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YaIM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik
kapital bo’yicha qo’llaniladigan metodlar (jahon va O’zbekistonda) ustida to’xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo’llaniladi. O’zbekistonda qo’llanilishi mumkin bo’lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS №05 “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to’g’ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko’ra mutanosib ravishda, kamayayotgan qoldiq asosida, raqamlar yig’indisi metodlari ko’rsatilgan. Ammo chet el statistikasida boshqa metodlari ham qo’llaniladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida asosiy fondlarning eskirish darajasi, qoldiq qiymati va boshqa asosiy fondlar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlarning darajasi buxgalteriya, soliqqa tortish va statistikada amortizatsiya hisoblashning qaysi metodi qo’llanilganiga bog’liqdir. Amortizatsiya - asosiy fondlarning eskirishini normativ qiymatini ifodalaydi, ammo haqiqiy qiymatini emas. Oldinroq qayd qilganimizdek amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning 11 ta metodi mavjud. Ular quyidagilar:

  1. Age-life method - xizmat muddatining qolgan qismini e’tiborga olingan holda hisoblash.

  2. Annuity method - eskirish summasini hisoblashda annuitet metodidan foydalanish. Murakkab protsentlar usulidan foydalanilgan holda teng normada hisoblanadi.

  3. Combination production and Straight line method - ishlab chiqarish quvvatlaridan, ya’ni asosiy kapitaldan foydalanish koeffitsienti qo’llanilgan holda teng normada hisoblash metodi (Na=p-K)

  4. Constant percent of decreasing balance method - amortizatsiya hisoblash normasini pasayib borishi metodi.

  5. Double cate declining balance method - amortizatsiya summasini hisoblashning tezlashtirilgan metodlaridan biri bo’lib, unda asosiy kapitalning qoldiq qiymati asosida ikkilangan normada hisoblash. Bunda A=AK'-2 Na ;

A- yillik amortizatsiya ajratmasi.
AK’ - asosiy kapitalning qoldiq qiymati.
Na - yillik amortizatsiya normasi.

  1. Labour - hour method - asosiy kapitalni eksplutatsiya (ishlatishi) soatiga yoinki ishlangan kishi - soatlariga (Working hourse) ga muvofiq hisoblash metodi.

  2. Multiple Straight Line method - Vaqti-vaqti bilan o’zgartiriladigan teng normadagi (to’g’ri chiziqli) metod.

  3. One hundred and fifty percent declining balance method-

qoldiq qiymati asosida 150% normada hisoblash, ya’ni Na=p^1,5; p- yillik
norma. Bu usul ham 5 -metodga o’xshashdir.

  1. Production unit basis method - bajarilgan (ishlab chiqarilgan) ish (mahsulot) miqdoriga binoan hisoblash. Bu metodni sobiq ittifoq davrida Respublikamizning qazib chiqarish sanoatida qo’llanilgan.

  2. Straight line method- teng, to’g’ri chiziqli metodda hisoblash. Jahon mamlakatlarida keng tarqalgan metod.

  3. Sum- of - the digits (sum-of - years) method - raqamlar yig’indisi usuli.

Respublikada qabul qilingan.
Ma’lumki, yuqorida qayd qilingan metodlardan tashqari AQSh , Yaponiya, Rossiya va O’zbekistonda (1998 yilgacha) amortizatsiya hisoblashning maxsus metodiga yangi tashkil etilgan kichik korxonalarga asosiy kapitali qiymatini birinchi yili 50,0% gacha amortizatsiyani hisoblashga ruxsat etilardi. Ammo hamma hisoblangan amortizatsiya summasi asosiy kapital qiymatidan oshib ketmasligi zarur. Ma’lumki, amortizatsiya summasi - ko’pgina iqtisodchilarning ta’kidlashicha, hamda MHT-93 da (YaIM hajmini taqsimot usulida hisoblashda) korxona foydasining boshqa shaklidir deb aytiladi. Bu ko’rsatkichning summasi mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga ta’sir etadi va oqibat natijada korxona (tashkilot) foydasiga va pirovard natijada foyda solig’i summasiga ta’sir etadi Shuning uchun jahondagi ko’pgina mamlakatlarning soliq xizmati amortizatsiya summasini hisoblash ustidan nazorat etadi.
Rivojlangan mamlakatlar statistikasida asosiy kapitalning qoldiq qiymatini (NFC-Net Fixed capital) hisoblashda “uzluksiz inventarizatsiya usuli” (Perpetual Inventory Method) dan keng foydalaniladi (AQSh, FRG, Kanada, Angliya, Frantsiya va boshqalar). Bu so’zning va usulning avtori amerikalik iqtisodchi R.Goldsmitdir. U bu metodni Nyu-Yorkda 1951 yilda nashr etgan “Milliy boylikni uzluksiz inventarizatsiyasi” kitobida bayon qilgan.
Bu metodni qo’llashda zarur bo’lgan ma’lumotlar:

  1. Yalpi kapital qo’yilmalar to’g’risida ko’p yillik dinamika qatori.

  2. Asosiy kapitalning alohida olingan guruhlari bo’yicha normativ xizmat muddati to’g’risidagi ma’lumotlar.

  3. Joriy bahodagi yalpi kapital qo’yilmalar summasi. Buning uchun kapital quyilmalar indeksi dan foydalaniladi. Bunda qurilish ishlari, jihozlar, transport vositalari, qurilish materiallari indekslari asosida bahoning yig’ma indeksi bunda iP- kapital qo’yilmalarining alohida turlari bo’yicha baho indeksi (individual indeks), q0p0 - kapital qo’yilma turlarining bazis davridagi qiymati.

Davr oxiridagi asosiy kapitalning qoldiq qiymati=Davr boshidagi qoldiq qiymati+davr ichida qilingan yalpi kapital qo’yilmalarning summasi - davr ichida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari. Ko’rinib turibdiki, bu hisoblashlarda asosiy kapitalning qoldiq qiymati deflyatlashtirilgan (joriy baholardagi qiymatni bazis baholarida baholash) qiymat olindi. Indeks -deflyator Ip ni hisoblashda:

  1. jihozlar boyicha guruhli indeksni hisoblash uchun 500 ga yaqin mashinalar olindi (ular 38 kichik va 9 guruhga birlashtiriladi).

  2. qurilish - montaj ishlari bo’yicha yig’ma indeksni hisoblash birmuncha murakkabdir. Hozirgi kunda AQSh da qurilishning muhim turlari bo’yicha 22 ta mustaqil guruhli yig’ma indekslar hisoblanadi.

Download 28.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling