12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Kutilmagan o’zgarish va ularning jamiyatlarga ta’siri


Download 360.84 Kb.
bet17/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1chi

Kutilmagan o’zgarish va ularning jamiyatlarga ta’siri

Keng tarqalgan karikaturaga zid ravishda, xalqaro savdo tahlillari erkin savdo barcha uchun foydali deya olmaydi. Biz ko’rib o’tganimizdek, savdo oshishi mamlakat ichidagi daromad taqsimotini o’zgartirishi mumkin va g’oliblar bilan bir qatorda mag’lublarni ham yaratishi yaxshi tushuntirilgan. Ammo normal modellar savdodagi keskin o’zgarish sababli yuzaga kelgan yo’qotishlarni to’liq hisobga oladimi?

Yaqin yillarga qadar bir qancha mualliflar yo’q deb javob berib kelishmoqda. Boshqa iqtisodchilar anglaganidan ko’ra, ayniqsa David Artur, David Dorn va Gordon Hanson tomonidan qilingan ta’sirli tahlilga ko’ra, 1990-yildan keyingi Xitoy eksportidagi keskin o’zgarish, ayniqsa 2001-yilda JSTga qo’shilganidan keyingisi AQSh ga katta qiyinchilik olib keldi.5

Mualliflar tahlili 3ta muhim kuzatuvni asoslaydi:



  • Xitoy eksportining o’sishi tarmoqlar bo’ylab notekis taqsimlangan edi. Masalan, Xitoy ayollarning sport uchun yaroqsiz bo’lgan oyoq kiyimlarini ishlab chiqarishda yaqqol yetakchi edi, ammo katta ishchi kuchi talab etiladigan mebel sohasidagi ishlab chiqarish ancha past edi.

  • AQShning ko’plab ishlab chiqarish sanoatlari 7-bobda muhokama qilingan mamlakat tashqarisidagi iqtisodiyotlar tufayli hududiy jihatdan juda zich to’plangan edi. Shu sabab, ayrim tarmoqlarga bo’lgan katta o’lchamli Xitoy ta’siri ba’zi birlashmalarning gardaniga tushgan bo’lsa, boshqalariga tegmasdan o’tib ketdi.

  • Va nihoyat, kutilgani kabi bo’lmadi va AQShdagi ishchilar va depressiyadagi hududlaridan keta olishmadi yoki ketishni istashmadi.

Shu sabablar tufayli, Xitoy eksportining o’sishi Amerika ishchilariga kutilganidan ko’ra ko’proq ta’sir ko’rsatdi. “Xitoyning kutilmagan o’zgarishi” umumiy hisobda AQSh ishlab chiqarishidagi millionta ish o’rnini egalladi. Bu aslida 145 million ishchisi bo’lgan va har oyda 1.5 million kishi ishini yo’qotadigan iqtisodiyot uchun katta raqam emas edi. Ammo Xitoy sabab bo’lgan ish yo’qotilishi nisbatan kichik hududlarda edi va mahalliy xizmatlarga bo’lgan talab tushgach yanada ko’proq ish yo’qotilishiga sabab bo’ldi. Natijada, ba’zi hududlarga ta’siri vayron qiladigan darajada bo’ldi.

Bu kabi tahlillar shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdodagi keskin o’zgarishlar iqtisodchilar kutganidan ko’ra anchayin og’liqli bo’ladi. Va bu haqiqat 2016-yilda Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etish uchun ovoz berganida va AQSh kuchli proteksionizm tarafdori bo’lgan nomzodni saylaganida globalizatsiyaga qarshi yuzaga kelgan siyosiy reaksiya sababini qisman tushuntirib berishi mumkin.




Xulosa

  1. O’tgan chorak asr davomida paydo bo’lgan, hukumatning savdoga aralashishiga olib kelgan yangi sabablar: strategik savdo nazariyasi nega mamlakat ma’lum tarmoqqa yordam berishdan manfaatdor bo’lishiga sabablar taklif etdi. 1990-yillarda globalizatsiya haqidagi yangi tanqidiy maqola globalizatsiyaning rivojlayotgan mamlakatdagi ishchi qatlamiga ta’sirini aks ettirib chiqdi. Va iqlim o’zgarishidagi ba’zi harakatlar uglerod tariflarining qonuniyligi va qanchalik ma’qul tushishi kabi asosiy savdo muammolarini yuzaga chiqardi.

  2. Faol savdo siyosati tortishuvlari ikkita g’oyasini asoslaydi. Birinchisi, hukumat texnologik tashqi omillarga imkon beradigan sohaga yordam berishi kerakligi. Keyingisi, bozor inqirozi sabablaridan farq qilgan Brander-Spencer tahlilidir. U strategik aralashuv millatga qo’shimcha boylikni ushlab qolish imkonini berishini ko’rsatadi. Bu sabablar nazariy jihatdan ishonarli; biroq, ko’plab iqtisodchilar bu narsalar juda sezilmas ekanligi va amaliyotda ish berishi uchun juda ko’p ma’lumot talab qilishidan tashvishlanishadi.

  3. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish eksportining oshishi bilan globalizatsiya qarshi bo’lgan yangi harakat yuzaga keldi. Bu harakatning asosiy xavotiri boshqa mavzular bo’lsa-da, eksport ishchilariga kam ish haqi to’lanishi bilan bog’liq edi. Ko’p iqtisodchilarning javobi shuki, rivojlanayotgan mamlakat ishchilari G’arb standartlariga nisbatan kam haq olishi mumkin, ammo savdo ularga boshqa holatdagidan ko’ra ko’proq pul ishlashlariga imkon berayapti.

  4. Holatlar tahlili globalizatsiyaning muhokamasi, ayniqsa axloqiy masala sifatida qaralganida qanchalik murakkab ekanligini ko’rsatdi. Faol jamoatchilar tomonidan tanlangan mehnat standartlari kabi tamoyillar rivojlanayotgan mamlakatlar qo’rquviga sabab bo’ldi va ular buni proteksionistlik vositasi deb qabul qildi.

  5. Qisman, globalizatsiya iqtisodiy o’sishga yordam bersa, unda atrof-muhitga nisbatan ikki xil ta’siri bor. Atrof-muhitga tegishli Kuznets egri chizig’i dastlab iqtisodiy o’sish mamlakat boyigani sari, atrof-muhitga zararni oshirishga moyil bo’lishini, ammo ma’lum nuqtadan so’ng, o’sish atrof-muhit uchun foydali bo’lishini ifodalaydi. Baxtga qarshi, dunyoning eng tez o’sayotgan iqtisodiyotlari haligacha nisbatan kambag’al va egri chiziqning “noto’g’ri” tarafida.

  6. Globalizatsiya kuchli ifloslaydigan sanoat tarmoqlarini atrof-muhitni tartibga solish kuchsiz bo’lgan ifloslangan hududlarga ko’chishiga imkon bermoqda degan xavotir kuchaymoqda. Bu omil hech bo’lmaganda hozirgacha haqiqiy joylashuv qarorlaridagi asosiy omil bo’lganligi haqida juda kam dalillar bor. Ammo, agar iqlim o’zgarishi borasida jiddiy siyosat amalga oshirilsa bu narsa o’zgarishi mumkin. Bu holatda, ugrerod tariflari uchun ham, shu bilan birga bu tushunchaning kuchli tanqidi uchun ham zo’r holat paydo bo’ladi.

  7. Xitoy eksportidagi o’sish tufayli paydo bo’lgan yangi xavotir xalqaro savdodagi katta va kuchli o’zgarishlar hududiy to’plangan ishchi guruhlar va ularning jamiyati uchun qahshatqich yo’qotishga sabab bo’lishi tufayli shakllandi. Va buning noqulay ta’siri iqtisodchilar kutganidan ko’ra ancha jiddiydir.





Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling