12-bob. Sud xarajatlari 110-modda. Sud xarajatlarining turlari


-bob. Sud ajrimi va qarori


Download 27.2 Kb.
bet7/12
Sana09.11.2021
Hajmi27.2 Kb.
#172610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzuga

20-bob. Sud ajrimi va qarori

168-modda. Ajrim chiqarish

Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi.

Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi.

Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish chog‘ida sud ajrimni o‘z joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.



169-modda. Ajrimning mazmuni

Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;

2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

3) ajrim chiqarilayotgan masala;

4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari;

5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa;

6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.




Download 27.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling