12-Ma'ruza. Komponentning eritma ustidagi to’yingan bug’ bosimi
Download 36.85 Kb.
|
12-Ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- -erituvchi bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng
- 1. Ideal eritmalar.
- 2. Cheksiz suyultirilgan eritmalar.
- 3. Noideal eritmalar.
12-Ma'ruza. Komponentning eritma ustidagi to’yingan bug’ bosimi. Komponentning eritma ustidagi bug’ bosimi. Raul va Genri qonunlari. Ideal, cheksiz suyultirilgan va real eritmalar uchun Raul va Genri qonunlari. Bug’ bosimi toza erituvchining bug’ bosimiga qaraganda juda kichik bo’lgan (ya’ni uchuvchan bo’lmagan) moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun Raul qonuni quyidagicha ta’riflanadi: -erituvchi bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng: (1). tenglamadan Raul qonunining boshqacha ko’rinishini va ta’rifini keltirib chiqarish mumkin: -erituvchi bug’ bosimining absolyut pasayishi erigan moddaning molьlari soniga proportsional bo’lib, uning tabiatiga bog’liq emas: (2) (2) dan: ; va bo’lishi uchun: R1= R (3), ya’ni erituvchining eritma ustidagi partsial bug’ bosimi erituvchi molyar qismi bilan toza erituvchi bug’ bosimi orasidagi ko’paytmaga teng. 1. Ideal eritmalar. (3)tenglamani quyidagicha щam keltirib chiqarish mumkin: ideal gazning kimyoviy potentsiali tenglamasiga ideal eritma komponentlarining kimyoviy potentsiallari ifodalarini ; qo’ysak, quyidagini olamiz: (4) (4) tenglamani dan gacha dan gacha integrallasak: (5). (5) dan: (6) (6) va (3) tenglamalarning ayniyligi ko’rinib turipti, ular Raulь qonunining tenglamalaridir. 2. Cheksiz suyultirilgan eritmalar. CHeksiz suyultirilgan eritmalarda Raulь tenglamasini erituvchiga qo’llasa bo’ladi, erigan modda uchun qo’llab bo’lmaydi, chunki bunday eritmada faqat erituvchi ideal eritmalar qonuniga bo’ysunadi. Ammo, kimyoviy potentsial uchun Gibbs-Dyugem tenglamasidan erigan moddaning cheksiz suyultirilgan eritma ustidagi partsial bug’ bosimining eritmaning tarkibiga bog’liqligini keltirib chiqarsa bo’ladi: (7) (7) ifoda Genri tenglamasidir. Genri qonunidan erigan moddaning cheksiz suyultirilgan eritma ustidagi partsial bug’ bosimi uning molyar qismiga proportsionaldir. Ideal eritmalarda , ya’ni Genri koeffitsienti toza erigan moddaning to’yingan bug’ bosimiga teng bo’lganda, Genri qonuni Raulь qonuniga o’tadi: (8) (6) va (8) tenglamalar ideal eritmalarning partsial bosimlarining kichik bosimlardagi xossalarini ifodalaydi. Katta to’yingan bug’ bosimlarida Raulь tenglamasining aniqligi yo’qoladi, chunki bug’ning ideal gaz qonunlaridan chetlanishi oshib ketadi. Bunday xollarda uchuvchanlik ishlatiladi va Raulь qonuni quyidagi ko’rinishga o’tadi: (9) Genri (7) tenglamasi gazlarning suyuqliklarda eruvchanligini o’rganishda katta aщamiyatga ega. Cheksiz suyultirilgan eritmalarda gazlarning eruvchanligi ularning eritma ustidagi partsial bosimiga proportsionaldir: (10) 3. Noideal eritmalar. Noideal erimtmalarda erituvchi va erigan modda uchun: (11). Agar ikkala komponent uchuvchan bo’lsa, standart xolat uchun toza komponent olinadi: ; (12). Noideal eritmalarda Raul qonunidan musbat va manfiy chetlanishlar kuzatiladi. Download 36.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling