Yaxshilanadigan konstruksion po‘latlar. Bularga o‘rta uglerodli (0,3-0,5%) va legirlovchi elementlari 5% dan oshmagan po‘latlar kiradi. «Yaxshilanishi» bu toblash va yuqori bo'shatishdir. Bunday po‘latlar yuqori mustahkamlikka, uyushqoqlikka ega; kuchlanishlar yig‘indisiga kam e’tibor beradi, tablanish chuqurligi yaxshi. Shuning uchun zarbiy kuchlarga bemolol ishlaydi. Beshta guruhga bo‘linadi:
Сталь35, Сталь 40, Сталь 45.
30Х; 40Х
30ХМ; 40ХГ; 30ХГТ
40ХН; 40ХНМ.
38ХН3М; 38ХН3МФА.
Prujina va ressoralar uchun po‘latlar. Plastik deformatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Kremniy va marganes bilan legirlanadi. Toblanish qalinligi yuqori. 65; 70; 65Г; 60С2; 70С3А; 60СГ; 40ХФА.
Sharikli va rolikli podshipnik po‘latlari. Har xil qutbli mujassamlantirilgan kuch ta’sir qiladi. Qattiq, yeyilishga chidamli va nuqtaviy charchamasligi kerak. Bularga ШХ4; ШХ15; ШХ15СГ; ШХ20СГ lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |