Austenitli po‘latlar. Austenitli po‘latlarni issiqqa bardoshligi perlitli va martensitli po‘latlarnikidan yuqori va 6000С dan yuqori haroratlarda ishlatiladi. Asosiy legirlovchi elimentlari – xrom va nikel. Ba’zan nikelni boshqa austen hosil qiladigan elimentlarga almashtiriladi - Mo; Nb; Ti; Al; W.
Bular karbidlar hosil qiladi va issiqbardoshlikni oshiradi.
Austenit po‘latlarini issiqbardoshligini toblash va eskirtirsh bilan oshiriladi: Masalan, 10Х11Н20Т3Р po‘lati uchun toblash - 110-11700С da va eskirtirish 7500С haroratda 15-25 soat davomida amalga oshiriladi.
Austenit po‘latlari yuqori plastiklikka ega, yaxshi payvandlanadi. Lekin, qiyinroq bosim ostida ishlanadi va qirqiladi.
Nazorat savollari:
Legirlangan po'latlar deb qanda po'latlarga aytiladi?
Qanday legirlovchi elementlarni bilasiz?
Legirlovchi elementlar qanday belgilanadi?
Po'latning korroziyabardoshligini oshiruvchi elementlar qaysilar?
Olovbardosh po'latlarning xususiyatlari?
Olovbardosh po'latlarning markalanishi?
Silxrom, Xromal, Silxromal tushunchalarini izohlang.
Zanglamas po‘latlar deb nimaga aytiladi?
Korroziyaga bardosh legirlovchi elementni tavsiflang.
Po'latning issiqbardoshligi qaysi komponentlar hisobiga oshiradi?
Issiqbardosh po‘latlar qanday turlarga bo'linadi?
Nikelli issiqbardosh qotishmalarning markalari?
Perlitli, martensitli va austenitli po‘latlarning ishlatilish sohalarini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |