Martensitli po‘latlar. Martensitli po‘latlar 450-6000S da ishlaydigan detallar uchun mo‘ljallangan. Perlitli po‘latga nisbatan par va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar muhitida oksidlanishga qarshiligi yuqori. Issiqbardoshligi ham yuqoridir.
Bu po‘latlar ikki guruhga bo‘linadi:
1) Tarkibida 10-12% xromi bor, qo‘shimchalari Mo, V, Nb, W; kam uglerodli 0,10-0,15%
2) Silxromlar tarkibida 5-10% xrom, qo‘shimchasi kremniy 2-3% miqdorda, uglerod miqdori ko‘proq, 0,4% gacha.
Birinchi guruh po‘latlari termik ishlangan holda ishlatiladi: 950-11000С gacha qizdirib toblash yoki normallashtirish; 600-7400С da bo‘shatish. Yuqori legirlangan po‘lat bo‘lgani uchun toblanish ancha katta (120-200 mm). Shuning uchun katta ko‘ndalang kesimli detallar uchun ishlatiladi: par-bug‘ trubinalari, lopatkalar, rotorlar, turbolar va h.k.
Ikkinchi guruh po‘latlarni - silxromlarni issiqqa bardoshligi ancha yuqori. Shuning uchun issiq, qaynoq muhitlarda (ishlangan gazlar) ishlaydigan detallar yasaladi: ichki yonuv dvigatellari klapanlari, ularni payvandlash va qirqib ishlash qiyinroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |