Qurilishda ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlar. Bularda uglerod 0,1-0,25% bo‘ladi. Bu po‘latlardan fermalar, kema korpuslari armaturalar va b. lar quriladi. Kam uglerodli bo‘lgani uchun yaxshi payvandlanadi. Bular temir-beton qovurg‘alari uchun, neft mahsulotlari va gaz quvurlari, metall chiviqlari ham yasaladi. Lekin, mashina detallari uchun onda-sonda ishlatiladi. Bu po‘latlar Ст.1; Ст.2; … Ст.6 deb markalanadi. Bu po‘latlarning mustahkamligi = 240 MPa ga teng.
Qurilishda ishlatiladigan po‘latlarga kam legirlangan po‘latlar: 14Г2; 17ГС; 14ХГС; 15ХСНД. Po'at 15ХСНД qattiq sovuq (-60оС) da ham ishlayveradi, chunki Н va Д lar sovuqda ham mo‘rtlashmaydi. Bundan tashqari bular havoda zanglamaslik qobiliyatini ham oshiradi.
Qurilishda va mashinasozlikda listlar, sortovoy prokatlar kam legirlangan po‘latlar 14Г2АФ, 17Г2АФВ (оq.=450 MPa) dan yasaladi. Bular qo'shilganda, karbonitridlar hosil bo‘lishi hisobiga puxtalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |