12 Ma’ruza. Qattiq jismlar fizikasi Reja


Qattiq jismlardagi boglanishlarning turlari


Download 397.08 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi397.08 Kb.
#1560737
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 - Маъруза

12.3 Qattiq jismlardagi boglanishlarning turlari.
Qattiq jismlardagi boglanishlar turtta asosiy turga bulinadi. Bular ion
(geteropolyar), atom (gomeopolyar ѐki kovalent), molekulyar boglanishlar va metall
boglanishlardir. Ana shu boglanishlarni kurib chiqaylik.
Ion (geteropolyar) boglanishlar. Bunday boglanishli qattiq jismlar kristall
panjaralarning tugunlarida ionlar turadi. (11.2-rasmga qarang, a) Ion boglanish
elektromanfiylik jixatidan bir-biridan katta farq qilgan ikki element orasida
vujudga keladi. Binobarin, ion boglanish birinchi gruppa metallari, ya’ni ishqoriy
metallar bilan yettinchi gruppa elementlari (galogenlar) orasida vujudga keladi.
Ion boglanish vujudga kelishini natriy xlorid (NaCl) misolida kurib chiqaylik.
Xlor atomi natriy atomiga qaraganda anchagina elektromanfiy bulganligidan uzining
sirtki kavatidagi bir elektronini xlor atomiga beradi, natijada natriy atomi musbat
zaryadli natriy ioni Na+ ga (kationga), xlor atomi esa bir elektron biriktirib olib,
manfiy zaryadli xlor ioni Cl- ga (anionga) aylanadi. Qarama-qarshi zaryadli bu ionlar
Kulon kuchi vositasida uzaro tortilib, birikma (NaCl) xosil qiladi. Birikma
(molekula) tarkibidagi xar kaysi ion uz atrofida elektr maydoni vujudga keltiradi.
Demak, ion boglanishli molekulalarda bir necha (kamida ikkita) elektr maydoni buladi.
Ion boglanishning getropolyar boglanish deb xam atalishiga sabab ana shu.
Ion boglanishli birikmalarda ta’sir etuvchi Kulon kuchlar zarrachalarning
(ionlarning) bir-biriga puxtaroq tortilishiga sabab buladi, shuning uchun bunday
birikmalarning suyuqlanish temperaturasi va kattikligi yuqoriroq buladi.

12.2-rasm Qattiq jismlardagi asosiy boglanishlar:
a – ion boglanish; б – atom boglanish; в – molekular boglanish; г – metall boglanish.
Atom (gomeopolyar, kovalent) boglanishlar. Atom boglanishli qattiq jismlar
kristall panjaralarining tugunlarida uzaro kovalent boglangan atomlar turadi (12.2-rasmga
karang, б). Kovalent boglangan atomlar bir-birini juda puxta tortib turganligi uchun
bunday birikmalarning suyuklanish temperaturasi va kattikligi nixoyatda yukori
buladi.
Elektromanfiyligi bir-biriga teng bulgan elementlargina kovalent boglanadi.
Kovalent boglanish nazariyasiga kura, bunday boglanish xosil bulishida elektron bir
atomdan ikkinchi atomga utmaydi (chunki bu atomlarning elektromanfiyligi bir xil),
balki uzaro ta’sir qiluvchi ikkala atomga tegishli bulib qoladi.
Atom boglanishli kattik moddalarga misol qilib, olmosni kursatish mumkin.
Olmosda uglerodning xar bir atomi uglerodning boshqa turtta atomi bilan boglangan, bu
turtala boglanish bir xil bulganligidan olmos kristalini bitta gigant molekula deb
qarash lozim.
Molekulyar boglanish. Bunday boglanishli qattiq moddalar kristall
panjaralarining tugunlarida molekulalar turadi (12.2-rasmga qarang, в). Bu molekulalar
bir-biriga molekulalararo kuchlar vositasida tortilib turadi. Molekulalararo kuchlar
molekulalarni bir-biriga nisbatan zaif tortib turganligidan molekulyar boglanishli
qattiq moddalarning suyuqlanish temperaturasi va kattikligi past buladi.
Metall boglanishlar. Bunday boglanishli qattiq jismlar (metallar) kristall
panjaralarining tugunlarida musbat zaryadli ionlar turadi, ionlarni esa erkin
elektronlar, ya’ni elektronlar buliti qurshab olgan buladi (12.2-rasmga qarang, г).
Elektronlar buliti ayrim ion ѐki atomlarning kobiklari bilan boglangan bulmay,
balki kristallning butun xammasiga oiddir. Demak, metall boglanishlar musbat zaryadli
ionlar bilan erkin elektronlarning uzaro tortishuvidan iboratdir.

Download 397.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling