12-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar
Download 154.36 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
12-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslar. Reja 1.Uzluksiz boshqariluvchan tezlikni raqamli rostlovchi EMT va komplekslarning dinamik tavsiflarini shakllanishi. 2. RDB tizimlari. O‘zining texnikaviy imkoniyatlari va xususiyatlariga ko‘ra RDB ning tuzilmasi 4 guruxga bo‘linadi.Ular xalqaro tasnifga ko‘ra quyidagicha belgilanadi; HNC, SNC, CNC va DNS. HNC (Hond numericad control) tizimi boshqarish pulttidan dasturlarni dastagi berilgandagi tezkor boshqarishi-ni ta’minlaydi. SNC (Stored numericad control) tizimi dasturlarni saqlash uchun xotira qurilmasiga ega va ishlov berish oldidan bir marta o‘qiladigan dasturli bir xil turdagi chala maxsulotlar partiyasiga ishlov berishni ta’minlaydi. CNC (Computer numericad control) tizimi o‘z ishini dasturlash va boshqarishning talab qilingan algoritmini ishlab chiquvchi mikro EXMni qo‘llashga asoslangan. DNC ( Pirect numericad control) tizimi SNC va CNC tizimlarga ega bo‘lgan RDB li bir gurux dastgoxlarni bevosita raqamli boshqarishni amalga oshirishni ta’minlaydi. DNS tizimi shuningdek, o‘zining tuzilmasida EXM dan foydalanishni ko‘zda tutadi. Xozirgi paytda mikroprotsessorlar va kompyuterlar qo‘llanilgan RDB tizimlari keng tarqalgan (12.1-rasm). Kompyuterga boshqaruvchi dastur dastur tashuvchi DT dan yoki boshqaruvchi pultdan BP dan dastur kirituvchi blok DKB va kirsh – chiqish qurilmasi KCHQ 1 orqali kiritiladi. So‘ngra u kompyuterning xotira qurilmasiga keladi. Doimiy xotira qurilmasi DXQ dasturning o‘zgarmas qismi, dekotlashtirish, interpolyasiyalash va kerakli xisoblar uchun ma’lumotlr saqlandi. Tezkor xotira qurilmasi TX ga ( DZU) boshqauvchi dastur ma’lumotlaridan tashqari texnalogik jarayonning borishi, ximoya blokirvkalarning xolati to‘g‘risidagi teskar aloqa datchiklari TAD dn olinadigan joriy ma’lumotlar keltiriladi. Bular asosida elektr yuritma EYUG ga va dastgoxning elektroavtomatika EA qurilmasiga boshqaruvchi tasirlash ishlab chiqariladi. Kompyuterning dastgox elektr qurilmalari bilan bog‘lanishi kirish –chiqish qurilmalari KCHQ 2 – KCHQ 4 orqali amalga oshiriladi. Kompyuter ko‘rsatilgan bloklardan tashqari mikroprotsess- sorlar MP va taymer T ni oladi. RDB tizimlarida kompyuterlarni qo‘llash ularni funksional imkoniyatlarini keskin kengaytiradi: dastgoxni ishlshga dasturiy yo‘l orqali ta’sir ko‘rsatish; dastgox bilan operatorni diyalog rejimida muloqat T ni amalga oshirish; dastgox va RDB tizimi diagnostikasini olib borish; universal – xompazitsion, xom konturli detallarga ishlov berish rejimlarini amalga oshirishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kompyuter turli koordinatlar bo‘yicha instrument (yoki detalni) ni xarakatini ta’minlovchi bir nechta elektr yuritmalarni boshqarishni ta’minlaydi. Nazorat savollari 1. RDB qanday guruxlardan iborat. 2. RDB ni avzalligi nima? 3. RDBni asosiy elementlari nima? Download 154.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling