12-mavzu : avtotransport vositalari va ular ish faoliyati hisobi reja
Download 31.27 Kb.
|
12-mavzu AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’mol qiladigan yoqilg‘i turiga ko‘ra
- 27.1-jadval Avtotransport vositalarining ayrim turlari bo‘yicha har 100 km masofaga sarflanadigan yoqilg‘ining bazoviy me’yorlari
- Transport turi, modeli, markasi va modifikatsiyasi Bazoviy me’yor, l/100 km YOqilg‘i turi
- BOSHQA MAMLAKATLAR YUK MASHINALARI
- 2. Avtotransport vositalari harakatining hisobi
- 27.2-jadval ATVlarning sotib olinishini schyotlarda aks ettirish
- Operatsiyaning mazmuni Summa Debet schet Kredit schet
Ishlab chiqilgan joyiga ko‘ra ATV xorijiy mamlakatlarda hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga bo‘linadi. CHunonchi, respublikamiz avtotransport korxonalarida Rossiya, Belorussiya, Germaniya, YAponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida, shuningdek respublikamizning o‘zida ishlab chiqilgan 100 dan ortiq nomdagi va turli markalardagi ATVlar ishlatilmoqda.
Iste’mol qiladigan yoqilg‘i turiga ko‘ra ATVlar benzin (B), dizel yog‘ilg‘isi (D), shuningdek suyultirilgan gaz (SG) hamda siqilgan tabiiy gaz (TG)da ishlaydigan avtomibillarga bo‘linadi. Nomi bir xil, lekin markasi turlicha bo‘lgan ATVlar ularga sarflanadigan yoqilg‘ining bazoviy me’yorlari bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi (2.1-jadvalga qarang). 27.1-jadval Avtotransport vositalarining ayrim turlari bo‘yicha har 100 km masofaga sarflanadigan yoqilg‘ining bazoviy me’yorlari
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlar uzunligi, dvigatelining ish hajmi, og‘irligi bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Masalan, avtobuslar uzunligi bo‘yicha mini (5,5 metrgacha), kichik (6,0 metrdan 7,5 metrgacha), o‘rta (8,5 metrdan 10 metrgacha), katta (11 metrdan 12 metrgacha) hamda superkatta (16,5 metrdan 24 metrgacha) avtobuslarga bo‘linadi. Engil avtomobillar dvigatellarining ishchi hajmiga ko‘ra juda kichik (1,1 litrgacha), kichik (1,1 litrdan 1,8 litrgacha), o‘rta (1,8 litrdan 3,5 litrgacha), katta (3,5 litrdan ortiq) turlarga bo‘linadi. YUk tashish avtomobillari og‘irligiga (massasiga) ko‘ra quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi: 1-guruh - 1,2 tonnagacha; 2-guruh - 1,2 tonnadan 2,0 tonnagacha; 3- guruh -2,0 tonnadan 8,0 tonnagacha; 4-guruh – 8,0 tonnadan 14,0 tonnagacha; 5-guruh - 14 tonnadan 20,0 tonnagacha; 6-guruh – 20,0 tonnadan 40,0 tonnagacha; 7-guruh – 40,0 tonnadan yuqori. Xalqaro amaliyotda ATVlarning BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport Qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatori keng qo‘llaniladi. Ushbu klassifikatorda ATVlarni tasniflash uchun 6 xonali kodlar asos qilib olingan. Bu kodlarning alohida razryadlari quyidagilarni ifodalaydi: 1-son ATVning toifasi va sinfini; 2-son ATVning tipini; 3-va 4-sonlar ATVning modeli tartib raqamini; 5-son ATVning modifikatsiyasini; 6-son qaysi iqlimga mo‘ljallanganligini 2. Avtotransport vositalari harakatining hisobi Avtotransport korxonalarida ATVlar holati va harakatining sintetik hisobi bosh kitobda ochiladigan 0160 «Transport vositalari» schyotida yuritiladi. ATVlar holati va harakatining analitik hisobi ularning har biriga ochilgan hisob kartochkalarida yoki «Asosiy vositalar hisobi kitobi»da olib boriladi. Hisob kartochkalari avtotransport korxonasida har bir ATVga davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng ochiladi. Ushbu kartochkada ATVning barcha texnik ma’lumotlari, uning sotib olinishi (bepul olinishi)ni tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami, sanasi, shuningdek boshlang‘ich qiymati, tiklangan qiymati, jamlanib boruvchi eskirish summasi, qoldiq qiymati hisobot davrlari bo‘yicha aks ettiriladi. Hisob kartochkasi ATVning korxonada foydali xizmat muddatida to‘liq saqlanadi. Korxona balansidan chiqarilgan sanaga ATVga ochilgan hisob kartochkasi yopiladi. Avtotransport korxonalarida ATVlar asosan sotib olish, bepul olish, ta’sischilar badali sifatida kiritish evaziga ko‘payadi. ATVlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (2.2-jadval). 27.2-jadval ATVlarning sotib olinishini schyotlarda aks ettirish
ATVlarni boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul olinishi tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra va schyot-fakturalar asosida avtotransport korxonasi balansiga kirim qilinadi. Buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyaga quyidagicha yozuv qilinadi: Download 31.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling