12-mavzu : avtotransport vositalari va ular ish faoliyati hisobi reja


Download 31.27 Kb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1261996
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATI HISOBI


12-mavzu : AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATI HISOBI
Reja

1.Avtotransport vositalarining tasnifi, tavsifi va baholanishi


2.Avtotransport vositalari harakatining hisobi
3. Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining mohiyati va hisobi

1. Avtotransport vositalarining tasnifi, tavsifi va baholanishi
Avtotransport korxonalari moddiy texnika bazasida avtotransport vositalari (ATV) bosh rolni o‘ynaydi. Ularsiz avtotransport korxonalari o‘zlarining yuk tashish, yo‘lovchi tashish hamda boshqa ish (xizmat)lardan iborat bo‘lgan asosiy faoliyatini yurita olmaydilar. SHu bois ham avtotransport korxonalarida ATVlarning etarli miqdorda mavjudligi, ularning butligi, ishga yaroqligi, yangilanib turishi, shuningdek har bir avtomobil ish faoliyati qat’iy hisobini yuritish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlarni buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra avtotransport korxonalari ATVlari yo‘lovchi tashish, yuk tashish va maxsus ishlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATVlarga avtobuslar, mikroavtobuslar hamda taksi sifatida ishlatiladigan engil avtomobillar kiradi.
YUk tashishga mo‘ljallangan ATVlarga bortli, furgonli, o‘zi to‘kgich (samosval), tortgichli avtomashinalar, shuningdek ularning tirkamalari va yarimtirkamalari misol bo‘ladi.
Maxsus ish (xizmat)larni bajarishga mo‘ljallangan ATVlarga suv, sut, yoqilg‘i, non va boshqa turdagi yuklarni tashuvchi, shuningdek maxsus ishlarni, masalan qurilish moslamalari va konstruksiyalarini ko‘tarish, sindirish, yanchish mashinalari, yong‘in o‘chirish, ahlat tashish, asfalt yo‘llarni qor va muzlardan tozalash, supirish, suv sepish kabi ishlarni bajaruvchi avtomobillar kiradi.
Barcha turdagi ushbu ATV ishlab chiqilgan joyi, nomi, markasi, iste’mol qiladigan yoqilg‘i turiga ko‘ra bir biridan farqlanadi.

Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling