12-mavzu : avtotransport vositalari va ular ish faoliyati hisobi reja


Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi


Download 31.27 Kb.
bet4/5
Sana12.03.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1261996
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATI HISOBI

3. Avtotransport vositalari ish faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi
Avtotransport korxonalarida har bir ATV ish faoliyati alohida yuritiladi. Buning uchun ATVlarning har biriga maxsus «Avtotransport ish faoliyati hisobi kartochkasi» ochiladi. Bu kartochkalarda ATVlar ish faoliyatini ifodalovchi soniy va sifat ko‘rsatkichlar davrlar bo‘yicha aks ettiriladi hamda jamlab boriladi.
ATVlar ish faoliyati hajmini ifodalovchi soniy ko‘rsatkichlar bo‘lib tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi (yuk oboroti) hisoblanadi. CHunonchi, tashilgan yuk hajmi tonnada, yuk aylanmasi (yuk oboroti) tonna-kilometrda, yo‘lovchi tashish hajmi esa kishi sonida, yo‘lovchi aylanmasi (yo‘lovchi oboroti) kishi-kilometrda hisobga olinadi.
Tonna-kilometr (t/km) – bu transport tomonidan 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish bo‘yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning tonna-kilometr (t/km)dagi hajmi tashilgan yuk miqdorini (tonna) jami yuk bilan bosib o‘tilgan masofa (km)ga ko‘paytirish orqali topiladi.
Kishi-kilometr (k/km) – bu transport tomonidan 1 kishini 1 km masofaga tashish bo‘yicha bajarilgan ishni hisobga olish uchun qabul qilingan shartli birlik. Transport tomonidan bajarilgan jami ishning kishi-kilometr (k/km)dagi hajmi tashilgan yo‘lovchilar sonini (kishi) jami yo‘lovchilar bilan bosib o‘tilgan masofa (km)ga ko‘paytirish orqali topiladi.
ATVlar ish faoliyati turli sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Ularning asosiylari bo‘lib, chunonchi, quyidagilar hisoblanadi:

  • 1 tonna-kilometr (t/km) yuk aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yuk tashish avtomobil transportini ekspluatatsiyasi uchun sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmi, ya’ni yuk aylanmasi (t/km) miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.

  • 1 kishi-kilometr (k/km) yo‘lovchi aylanmasining tannarxi. Bu ko‘rsatkich yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportini ekspluatatsiyasi uchun sarflangan jami xarajatlarni jami bajarilgan ish hajmiga, ya’ni yo‘lovchi aylanmasi (k/km) miqdoriga bo‘lish orqali topiladi.


  • Download 31.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling