12-mavzu : avtotransport vositalari va ular ish faoliyati hisobi reja
avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti
Download 31.27 Kb.
|
12-mavzu AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA ULAR ISH FAOLIYATI HISOBI
avtomobillarning texnik tayyorgarlik koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda jami texnik soz hamda yuk tashish (yo‘lovchi tashish) uchun yaroqli bo‘lgan avtomobillar sonini ularning shu davrda jami ro‘yxatdagi soniga bo‘lish orqali topiladi.
avtomobillarni ishga chiqish koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda jami ishga chiqqan avtomobillar sonini shu davrda xo‘jalikda mavjud bo‘lgan jami avtomobillar soniga bo‘lish orqali topiladi. ishdagi avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrdagi jami avtomobil-kunlar sonini shu davrdagi avtomobillarni ishga chiqish koeffitsientiga ko‘paytirish orqali topiladi. ishda bo‘lmagan avtomobil-kunlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonidan jami ishdagi avtomobil-kunlar sonini ayirish orqali topiladi. Avtoxo‘jaliklarda ishda bo‘lmagan avtomobil-kunlar soni ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra yuz beradi. CHunonchi, dam olish hamda bayram kunlariga, shuningdek rejadagi texnik ko‘rik va ta’mirlash ishlariga to‘g‘ri keladigan avtomobil-kunlari soni ob’ektiv sabablar hisoblanadi. Yo‘lga chiqib, turli tasoddifiy holatlarga ko‘ra ish vaqtini to‘liq o‘tamasdan xo‘jalikka qaytgan, shuningdek haydovchining berilgan topshiriqni bajarmaganligi va shu kabi boshqa holatlarga ko‘ra ishda bo‘lmagan avtomobillarga to‘g‘ri keluvchi avtomobil-kunlari soni sub’ektiv sabablar hisoblanadi. Bundayin sabablarga ko‘ra vujudga kelgan avtomobil-kunlar soni tuzilgan maxsus dalolatnomalar asosida hisobga olinadi. naryaddagi avtomobil-soatlar soni. Bu ko‘rsatkich ma’lum davrda xo‘jalikdagi jami avtomobil-kunlar sonini avtomobillarning naryadda bo‘lgan o‘rtacha sutkalik soatlari soniga ko‘paytirish orqali topiladi. Avtomobillar ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich avtomobillarning harakatdagi vaqtini naryadda bo‘lgan vaqtiga bo‘lish orqali topiladi. bosib o‘tilgan masofaning foydalilik koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich avtomobillarning ma’lum davrda yuk bilan bosib o‘tgan masofasini jami yuk bilan va yuksiz bosib o‘tgan masofasiga bo‘lish orqali topiladi. yuk ko‘tarish imkoniyatidan foydalanish koeffitsienti. Bu ko‘rsatkich avtomobillar tomonidan ma’lum davrda haqiqatda tashilgan yuk hajmini ularning shu davrga to‘g‘ri keladigan jami yuk tashish imkoniyatiga bo‘lish orqali topiladi. Download 31.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling