Aerotasvir olish fototasvir olishning bir turi bo‘lib, surat olish ishlari uchvuchi aparatlarda , yer ustida dala o‘lchash ishlari bilan birga olib boriladi va natijada topografik xarita hosil qilinadi. Dala ishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
12.3-rasm. Fototopografik tasvirdagi qabul qilingan koordinatalar tizimi:a)-geodezik kordinata; b)-fotogrametrik koordinata; v)- fotosuratdagi tekis koordinata tizimi
-loyiha qilinadigan joy o‘rganib chiqiladi;
-joyida nazorat nuqtalari tanlanadi;
−joyni aerosutai olinadi.
Kartografik ishlarining masshtabiga ko‘ra, surat olishda turli fokus uzunligiga ega bo‘lgan aerofotoapparatlar qo‘llanadi (12.4−rasm). Suratning masshtabi quyidagicha aniqlanadi:
1/ M = f / H,
bu yerda M –surat masshtabining mahraji; N-surat olish balandligi; f – aerofotoapparatning fokus uzunligi.
1 2.4-rasm. Aerofotoapparatning tuzilishi va fototasvir olish chizmasi: 1–kasseta; 2–kamera; 3– ob’ektiv; 4–boshqaruv asbobi; S– tasvirning markaziy proeksiyasi; f – fokus uzunligi; H–surat olish balandligi
Hozirgi kunda aero tasvirda zamonaviy raqamli sensor ADS40 va aerofotokameralar RC-30 amaliyotga kirib kelgan (12.5- rasm).
|
|
12.5-rasm. Zamonaviy raqamli sensor ADS40 va aerofotokamera RC-30
|
Aerotasvir olishda uchuvchi aparatlardan chiziqli inshootlarda marshurutlar bo‘yicha, maydoniy inshootlarda paralel va ko‘ndalang marshurutlar bo‘yicha o‘zaro ketma-ketlikda aerosuratlar olinadi (12.6-rasm). Tasvirga tushirilgan aerosuratlar o‘zaro bo‘ylama bo‘yicha 60%, ko‘ndalangiga 20-40% qoplanishlari talab etiladi.
12.6-rasm. Maydoniy (a) va marshrutli (b) aerotasvir olish
Aerotasvirdagi aerosuratlarda to‘g‘ri burchakli fotogrammetrik koordinata tizimi qabul qilingan (12.7−rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |