12-MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUVIDA YER USTI FOTOTOPOGRAFIK VA AEROTASVIR
Reja:
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida Yer usti fototopografik va aerofoto tasvir mohiyati.
Fototeodalit,fototopografik koordinatalar tizimlari va stereo asboblari.
Aerotasvir olish asoslari fotoplan.
Suratlarni deshifrovka qilish ishlari.
Yer usti fototopografik tasvirning mohiyati;
Yer usti fototopografik tasvirning mohiyati joyning olingan fotosuratlar bo‘yicha nuqtalarning koordinatalari aniqlanishdan va joyning topografik planini yoki sonli modeli hosil etishdan iborat. Tasvir olish maxsus asboblar–fototeodolit, fotokamera, zamonaviy sereofotokameralarda va lazerli skanerlarda bajariladi
12.1-rasm: Fototeodolit, foto kameralar va fototeodolit majmuasi
Fototeodolit majmuasiga fototeodolit (1), orientirlash moslamasi (2), masofa o‘lchovchi reyka (3), teodolit (4), vizirlash markasi (5), taglik (6), kasseta (7), shtativ (8) va taglik (9) kiradi.
Fototopografik tasvir olish ishlarini bajarish uchun joy o‘rganilib, bazis tanlanadi. Bazisning bir uchi davlat to‘riga bog‘lanadi. Suratlar shu bazisning (bazislarning) ikki uchidan turli sharoitlarda turli: normal, bir xil og‘ishli va konvergentli usullarini qo‘llab olinadi (12.2-rasm).
1 2.2-rasm. Fototopografik tasvir olish usullarining ko‘rinishi:
a) normal, b)bir xil og‘ishli va
(v) konvergentli
Fototopografik koordinatalar tizimi va aerotasvir.
Fotosuratlar qabariq (stereoskopik) juftlikni xosil etadi. Bunday juft suratlar o‘zaro bir-birini qoplagan stereo juftlikni tashkil qiladi. Fototopografik tasvirda 12.3-rasmda ko‘rsatilgan koordinatalar tizimi qabul qilingan. Olingan fotosuratlarning kameral ishlar maxsus stereo asboblarda qayta ishlanib joyning topografik tasviri hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |