12-mavzu: Boshqaruvda pedagogik qobiliyatlar. Reja


Download 135.5 Kb.
bet19/22
Sana05.01.2022
Hajmi135.5 Kb.
#231347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
12-mavzu

6. Avtoritar qobiliyati - bu o’quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir etib, ularda obro’ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.

Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostgo’yligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bog’liqdir.



7. Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo’shgan. Uning fikricha, bunda muhimi - o’quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.

Pedagogik taktning yaqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni (rag’batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi.

Pedagogik taktning yo’ligi ko’pincha og’ir oqibatlarga olib keladi. O’qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish joizki, qachon o’quvchilar o’qituvchining ijobiy hislatlari to’g’risida gapirar ekanlar, ular hamisha o’qituvchining adolatliligi kabi islohatlarini birinchi o’ringa qo’yadilar.




Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling