12-mavzu: Boshqaruvda pedagogik qobiliyatlar. Reja


Pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi


Download 135.5 Kb.
bet2/22
Sana05.01.2022
Hajmi135.5 Kb.
#231347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
12-mavzu

2. Pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi.

Pedagogik qobiliyatlar tarbiyasi birinchi bo’lib, XIX asr o’rtalarida paydo bo’ldi. Desterverg 1-chi bo’lib pedagogik qobiliyat, persteptiv qobiliyatlar haqida gapirib bu masalaga e’tiborini qaratdi. U pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat’iy erkinlikka e’tibor berdi. U o‘qituvchining bilim orttirishlik qobiliyati tushunchasini ilgari surdi. So‘ngra XIX asrning 2-chi yarimida P.G.Redkin “ahloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. Bu fikrni K.D.Ushinskiy davom ettirdi. U “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”, deydi. L.N.Tolstoy: “Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira tuxtamay o‘zlarini tarbiyalay bilishlari kerak” degandi. A.S.Makarenko o‘z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa, u yaxshi pedagog bo‘lishi mumkin”, deydi.

Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori, biri o‘rta quyi darajadan iboratdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi o‘zi mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.

Qobiliyatlar - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka, ko‘nikma, ortirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim, malaka va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Masalan, ikkita bola institutga kirmoqda deylik. Ulardan biri test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi, ikkinchisi o‘tolmadi. Bunda ulardan birining qobiliyati ortiq degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Bilim orttirishdagi muvaffaqiyatning faqat bir o’zi bilan qobiliyatni aniqlab bo’lmaydi. Qobiliyatlar bilim, malaka, va ko’nikmalarini egallashda namoyon bo’lsa ham ular bilim, ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydilar. Odamning qobiliyatlari bilim va ko’nikmalarni egallash uchun faqat imkoniyat hisoblanadi. Bu bilim va ko’nikmalar egallanadimi yoki yo’qmi, bularning hammasi, juda ko’p sharoitlarga bog’liqdir. Bolada namoyon bo’lgan musiqa qobiliyati uning musiqachi bo’lishiga kafil bo’la olmaydi. Bolaning musiqachi bo‘lishi uning unga maxsus ta’lim berilishi, qatiylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyat taraqqiy etmay, so’lib ketishi ham mumkin. O’quvchida hali zaruriy ko’nikma va malakalar sistemasi hamda mustahkam bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi bo’ladi. Bolalik paytida ma’lum qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik shu qobiliyat tufayli shon shuhrat topgan odamlar ko’p.


Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling