12-mavzu: Boshqaruvda pedagogik qobiliyatlar. Reja


Download 135.5 Kb.
bet8/22
Sana05.01.2022
Hajmi135.5 Kb.
#231347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
12-mavzu

4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.

Fikrlar ifodasi o’quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo’ladi. O’qituvchining bayoni o’quvchilar fikri va diqiqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga savollar qo’yib, ularni asta-sekin to’g’ri javob berishga olib boradi, o’quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so’z va iboralar qo’llaniladi. O’qituvchi uzundan uzok jumlalar, murakkab so’z birikmalari, murakkab iboralarni qo’llashdan qochadi. O’rinli yumor, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o’quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O’qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his-hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho’ziq zeriktiradigan nutq o’quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo’yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin gapirishga moyil bo’ladilar. O’quvchilarning o’zlashtirishlari uchun o’rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutqu o’quvchilar asabini buzadi, toliqtirib qo’yadi.




Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling