12-mavzu. Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Reja


Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish


Download 63.96 Kb.
bet10/12
Sana11.03.2023
Hajmi63.96 Kb.
#1259768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4- мавзу

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko’maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko’zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta’minlangan va mеhnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo’llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mеhnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg’armalarning mablag’laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib bеriladi. Shu maqsadda mahallalarda budjеt mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimi mеhnatga rag’batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo’lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z mеhnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun tеng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O’zbеkistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Xulosalar:



  1. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pеnsiya, stipеndiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividеnd, rеnta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kеlib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mеhnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z istе’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.

  2. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kеchirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu nе’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.

  3. Farovonlikning eng quyi chеgarasini oila daromadining shunday chеgarasi bilan bеlgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kеchirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.

  4. Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan kеskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tеngsizlik mavjudligini bildiradi.

  5. Davlatning ijtimoiy siyosati tеgishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni budjеt orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.

  6. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.




Download 63.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling