12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti


Download 29.59 Kb.
bet7/20
Sana29.04.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1400076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
12-ma\'ruza Don mah

Loviya kimmatbaxo dukkakli ekinlardan bo’lib, mamlaka-timizning ayniksa janubiy rayonlarida keng tarkalgan. Loviya oqsili no’xatdagi oqsilga qaraganda ancha yaxshi hazm bo’ladi. Loviya oq, bir xil tusli va ola-bula rangli bo’ladi. Oq loviya bir necha turga: bombasimon, arpa yormasimon, ovalsimon, ilonchasimon, ko’raksimon, qisqichbaqasimonlarga bo’linadi. Bir xil tusli loviya yashil, jigar rang, pistoqi, qizil, olabula.

Solod undirilgan javdar yoki arpa donini ivitib va yanchib olinadi. rangli loviya esa ola-bula va to’q ola-bula bo’ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20% dan oshmasligi lozim.

Yasmik-eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o’rta hisobda 30% ga yaqin oqsil bo’lib, ta’mi xushxo’r, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida tarelkasimon yasmik oziklik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u Shimoliy va Janubiy, rangiga qarab, yashil, och yashil va xilma-xil (qoramtir) turlarga bo’linadi. Yashil va och yashil yasmik sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi.

Yormalarning sifati uning rangiga, ta’mi, hidi, namligiga, yaxshi pishish-pishmasligi, aralashma va uning bor-yo’qligiga, yaxshi sifatli yadro miqdoriga, buzilgan va uvalangan donning bor-yo’qligiga, ombor zararkunandalari tekkan-tegmaganligi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Sarxil yorma ma’lum bir tur va sortga xos bir xil tusdaga tiniq rang, normal ta’m va hidga ega bo’ladi. Yot ta’m va hid yormaning sifatsizligidan dalolat beradi. Yormaning namligi 14-15% dan oshmasligi lozim. O’ta nam bo’lsa, yorma saqlanish davomida o’z-o’zidan qizib (bu mikroorganizmlarning rivojlanishiga imkon beradi), bursib mog’or bilan qoplanadi. Yormaning yirik-maydaligi ham muhim ko’rsatkichdir. Ba’zi turdagi yormalarning yadrosi butun, yirik (yorma), boshqalarniki, aksincha, donning o’zak qismidan olingan, mayda bo’lishi lozim (manniy yormasi, arpa yormasi, poltavskiy yorma va boshqalar). Ba’zi yormalar donasining yirik-maydaligiga qarab nomerlarga bo’linadi (arpa yormasi, poltavskiy yorma” arpa, makkajo’xori yormasi). Barcha hollarda butun yadro yoki yorma donalarining taxminan bir xil o’lchamda bo’lishi talab etaladi. Yormadagi aralashmalar (tozalanmagan, uvalangan, chirigan, mogorlagan, kizishdan buzilgan, maydalangan va muchelli donlar, kum, tosh, poxol, kepak, gul parchalari va x. k.) Yormaning sifatini pasaytiradi. Yul qo’yiladigan har kanday aralash¬malar miqdori standart bilan belgilanadi. Ko’p yormalarning tovarlik sorti yaxshi sifatli yadro miqdoriga qarab belgilanadi; Yaxshi sifatli yadro-bu iste’molga tamomila yaroqli, shunga xos hid, ta’m va yaxshi tashqi ko’ri-nishga ega bo’lgan yorma donlaridir.Ombor zararkunandalari (kungiz, kapalak, kana yoki ular-ning/lichinkalari) tekkan Yorma savdoga chiqarilmaydi.


Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling