12-Mavzu: IJTIMOIY INFRATUZILMA VA UZOQ MUDDATLI IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR. Reja - 1.Investitsiya bozori va uni shakllantirish muammolari
- 2. Mamlakatga xorijiy investitsiyalar shaklidagi investitsion faoliyatni rag‘batlantirishning imiy-nazariy asoslari
Tayanch iboralar: - Tayanch iboralar:
- Investitsiya bozori, qimmatli qog‘ozlar, investitsiya qo‘yish, fond birjasidagi operatsiyalar, investitsiya xizmatlarining takomillashuvi, moliyaviy aktivlar o‘sishi, foiz stavkalari, jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari, pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, moliyaviy va real investitsiyalar, to‘g‘ri investitsiyalar, portfelli investitsiyalar, chet ellik investorlaming investitsiyalari.
Investitsiya bozori va uni shakllantirish muammolari - Bozor munosabatlari sharoitida investitsiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investitsiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli, hamda qisqa muddatli omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
- Investitsiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar ishlab chiqarish ko'lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog'liqdir.
- Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotida mablag‘lar aylanishini tashkil etishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar, pul va investitsiya qo‘yish kabi ko‘rinishlarda amaliyotda qoilaniladi.
Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. - Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi.
- Uning vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining barqarorligi, rivojlangan institutsional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining barqarorligiga bog`liq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |