1980-yillarga kelib, jahon xo‘jaligi aloqalari taraqqiyotining o‘ziga xos in’kosi sifatida transmilliy kompaniyalar faoliyati borasida dunyo iqtisodchilarining qarashlarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu birinchi navbatda, 1980-yillarga kelib transmilliy kompaniyalarning dunyo iqtisodiyotidagi o‘mi va ahamiyatining tobora ortib borishi bilan bogianadi. Mazkur davrga kelib, transmilliy kompaniyalarning tuzilmalari hissasiga dunyo ishlab chiqarishining 50 foizi va jahon savdosining 50 foizdan oshiqrog‘i to‘g‘ri kelganligini ko‘rishimiz mumkin. - 1980-yillarga kelib, jahon xo‘jaligi aloqalari taraqqiyotining o‘ziga xos in’kosi sifatida transmilliy kompaniyalar faoliyati borasida dunyo iqtisodchilarining qarashlarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu birinchi navbatda, 1980-yillarga kelib transmilliy kompaniyalarning dunyo iqtisodiyotidagi o‘mi va ahamiyatining tobora ortib borishi bilan bogianadi. Mazkur davrga kelib, transmilliy kompaniyalarning tuzilmalari hissasiga dunyo ishlab chiqarishining 50 foizi va jahon savdosining 50 foizdan oshiqrog‘i to‘g‘ri kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
- Xorijiy investitsiyalar nazariyasi 1950-yillarning boshida taklif etilgan farazlar guruhi doirasida rivoj topganligini ta’kidlash muhim. Xalqaro savdo va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalash hajmlarining keskin o‘sishi mazkur jarayonlarning sabablarini tushuntirish va ularni rag‘batlantiruvchi omillarni aniqlashtirish borasida nazariy yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo qilar edi.
R.Agion amalga oshirilgan tadqiqotlari natijasida Investitsion qarorlarning tashqi rag‘batlariga quyidagilar kiritiladi: - R.Agion amalga oshirilgan tadqiqotlari natijasida Investitsion qarorlarning tashqi rag‘batlariga quyidagilar kiritiladi:
- • Istiqbolli bozorlarni boy berishdan xavfsirash;
- • Investitsiyalarni amalga oshirish borasida taklif kiritgan shaxslar nufuzining ta’siri;
- • Raqobatchilarning xorijiy bozorlarda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
- • Milliy bozorlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonalarning raqobat bosimi. Muallifhing fikricha, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan motivlar investitsion qarorlar qabul qilinishini tezlashtiruvchi katalizator sifatida xizmat qilsada, birlamchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirishga bevosita sabab bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |