12-mavzu: inklyuziv ta’lim modellari reja: Inklyuziv ta’lim tushunchasi
Download 329.07 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu inklyuziv ta’lim modellari reja Inklyuziv ta’lim tush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagog va uning vazifalari.
Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari. Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi
maqsad va vazifalami hal etish talab etiladi: talim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning bilim olishlari uchun zaruriy psixologik- pedagogik,korrektsion sharoitlami yaratish, ulaming imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’iim dasturlari va korrektsion ishlami amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o'quvchilaming ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va soglom bolalaming ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlami oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;190 jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘storm va mehr-muhabbat munosabatini shakllantirish. Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagog va uning vazifalari. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o'qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotida maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘li.shi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va maxsus ta’lim sohasida mutaxassislikka ega bo‘lishi talab qilinadi. Maktablararo qatnab yuruvchi resurs pedagog nogiron bolalarni ular uchun zarur bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlaydi,homiylar topadi, imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘matadi,ota-onalar, bolalar, oddiy sinf o‘qituvchilari va maktabma’muriyatiga rnaslahatlar beradi.Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj 0‘quvchilar va ulaming o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat. 1. Inklyuziv ta’Iimda deganda nimani tushinasiz? 2. Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat? 3. Inklyuziv ta’lim qanday vazifalarni hal etishga yordamlashadi? 4. Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang. 5. Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering 6. Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagogning rolini tushuntirib bering. Download 329.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling