12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish


Bashoratlash usullari va ularning turlari


Download 97.03 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi97.03 Kb.
#1610153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-mavzu (1)

2. Bashoratlash usullari va ularning turlari.
Bashoratlashtirish masshtabiga koʻra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy bashoratlarga ajratiladi.
Tuzilish intervali boʻyicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Qisqa muddatli bashoratda faqat miqdoriy oʻzgarishlar e’tiborga olinadi. Uzoq muddatli bashorat ham miqdoriy, ham sifat oʻzgarishlarga asoslangan boʻlib, oʻz oʻrnida oʻrta muddatli va uzoq muddatli boʻlishi mumkin.
Bashoratlash yoʻnalishlariga koʻra izlanishli va normativ boʻlishi mumkin. Izlanishli bashorat – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa soʻz bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar oʻzgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativ prognoz boʻlajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yoʻnalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday oʻzgarishlar kiritish zarur? Boshqa soʻz bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?


Iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa kuzatuvlar natijasida miqdoriy ma’lumotlarga ega boʻlmagan hollarda, ya’ni hodisa yoki jarayon boʻyicha miqdoriy ma’lumotlar boʻlmasa u holda ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar ma’lum bir soha boʻyicha etakchi mutaxassislar boʻlib, ular oʻzlarining kompetensiyasi doirasida u yoki bu hodisa va jarayonlar boʻyicha xulosalar ishlab chiqadilar.


Ekspert (lotincha «tajribali») amalga oshiradigan ekspertiza jarayoni uch bosqichdan iborat:

  1. ekspertizaga tayyorlanish;

  2. ekspertlar bilan soʻrov oʻtkazish;

  3. soʻrov natijalarini qayta ishlash.

Ekspertlarning oʻzlari ikkinchi bosqichda qatnashadilar.
Tayyorgarlik ishi uch qismdan iborat:

  1. savol shakli va mazmunini belgilash.

  2. savollarni tuzish.

  3. ekspertlarni shaxsan tanlash va jalb etish.

Soʻrov shakllari: intervyu olish, muloqot, yigʻilish, gʻoyalarni tanlash, oʻyinlar oʻtkazish, anketa tuzish va Delfi usuli.
Soʻroqlar individual yoki guruhlarda, yuzma-yuz va sirtdan oʻtkazish mumkin.
Anketa va intervyularda savolni tanlash qiyin. Savollar ochiq yoki yopiq yoki bir necha shaklda boʻlishi mumkin. Ochik javoblar sifatli yoki erkin holda sonli ifodalar boʻladi.
YOpiq savolga javoblar: «ha», «yoʻq», «bilmayman» singari boʻladi.
Koʻp savollar boʻlganda zarur javob chiziladi.

Download 97.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling