12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja


Mehnat huquqining tizimi va tamoyillari


Download 35.4 Kb.
bet6/9
Sana14.02.2023
Hajmi35.4 Kb.
#1198932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 (1)

Mehnat huquqining tizimi va tamoyillari
Mehnat munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida uning tamoyillari muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mehnat huquqining tamoyillarida insonning eng muhim huquqlari va uning ta’minlanishi, inson huquqlariga oid xalqaro standartlar mazmuni, inson eng oliy mavjudot ekanligi va uning hayoti, salomatligi, shaxsiy huquq hamda erkinliklari, manfaatlari daxlsiz ekanligi va qonun bilan har tomonlama muhofaza etilishi, ayni paytda tadbirkorlik va tadbirkor huquqlari ham qonun himoyasida ekanligi, ishlab chiqarish jarayonida davlat-jamiyatshaxs uchburchagida har bir taraf manfaatlari hisobga olinishi va bu jamiyatning uyg‘un rivojlanishining sharti ekanligi o‘z aksini topadi.
Mehnat huquqi fanida uning tamoyillari “faqat etakchi g‘oyalar” va ularning qayd etib o‘tilishi kifoyami yoki ular huquq normalarida mustahkamlanishi kyerakmi, degan mavzuda munozaralar davom etib kelmoqda.
Bizning nazarimizda, mehnat huquqining tamoyillari inson huquqlariga oid etakchi g‘oyalar sanaladi. Zyero, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi insonning eng muhim huquqlari sifatida mehnat qilish, ish joyi va kasb (mashg‘ulot) turini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan muhofazalanish huquqlarini bosh g‘oyalar sifatida mustahkamlar ekan, ular asosida tegishli qonunlar qabul qilinishi orqali bu huquqlarning amalga oshirilishi ta’min etiladi, qabul qilinadigan qonun hujjatlarining ushbu konstitutsiyaviy tamoyillarga to‘la mos bo‘lishi talab qilinadi.
Mehnat huquqining tamoyillari, eng avvalo, ularning amal qilish doirasiga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Bunda ayrim etakchi g‘oyalar milliy huquq tizimimizning barcha tarmoqlariga yoxud bir necha turdosh tarmoqlarga yoki faqat mehnat huquqi sohasining o‘zigagina taalluqli ekanligiga tayanib ish ko‘riladi. Shunga ko‘ra ular:

  • umumhuquqiy tamoyillar;

  • tarmoqlararo tamoyillar;

  • mehnat huquqining tarmoq tamoyillariga ajratilishi mumkin.

Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan qonunlarga amal qilishning umumiy majburiyat ekanligi, fuqarolarning (xodimlarning ham) qonun oldida teng ekanliklari, erkak va ayollarning teng huquqliligi kabi tamoyillar umumhuquqiy tamoyillar jumlasiga kiradi.
Mehnat qilishning erkinligi, majburiy mehnatning taqiqlanganligi, kasb-kor va mashg‘ulot turini erkin tanlash huquqi kafolatlanishi, ish joyini erkin tanlash, mehnat jarayonida inson hayoti va salomatligi muhofaza etilishi kabilar tarmoqlararo tamoyillardan bo‘lib, mehnat faoliyati amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha sohalarda (fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, qishloq xo‘jalik huquqi va boshqalar) amal qiladi.
Tarmoqlararo tamoyillar sifatida quyidagilar ko‘rsatilishi mumkin:
a) erkin mehnat qilish va o‘zining mehnat qilish imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olishi mumkinligi;
b) sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqning ta’minlanishi;
v) ilm olish, kasb o‘rganish, malakasini oshirishga bo‘lgan huquqni kafolatlanishi;
g) jamoat birlashmalariga uyushish, kasaba uyushmalari faoliyatida qatnashish huquqining amalga oshirilishi;
d) mehnat qilishga bo‘lgan huquqlarni qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalangan holda himoya qilishning kafolatlanishi.

Mehnat huquqining o‘zigagina xos bo‘lgan ko‘pgina tamoyillar ham mavjud bo‘lib, ular boshqa huquq sohalariga tatbiq qilinmaydi. Bunday tamoyillar jumlasiga mehnat funksiyalarining aniqligi, mehnat munosabatlari chog‘ida xodim hayoti va salomatligi ishlab chiqarish manfaatlaridan ustunligi kabilar kiritilishi mumkin.


Erkin mehnat qilish va o‘zining mehnat qilish imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olish huquqi fuqaroga mehnatning o‘zi istagan jabhasini (yollanish asosida yoki erkin mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi, tadbirkorlik bilan yoxud boshqa o‘zi uchun foydali bo‘lgan faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkinligi) hech bir to‘sqinliklarsiz tanlay olish imkoni mavjudligini anglatadi. Ammo bunda jamiyatning ehtiyojlari, muayyan kasbga talab darajasi, shaxsning malaka va tajribasi kabi bir qator omillar e’tiborga olinishi lozim.
Mehnat shartnomasi tuzishning erkinligi tamoyili yuqoridagi tamoyilning ko‘rinishlaridan bo‘lib, mehnat qilishning ixtiyoriyligi va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasliligi bilan bog‘liqdir.

  • Mehnat huquqining tamoyillaridan biri – kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslikdan iborat.

  • Mehnatning miqdori va sifatiga ko‘ra hech bir cheklovlar hamda kamsitishlarsiz ish haqi to‘lash ham mehnat huquqi tamoyillari orasida etakchi o‘rin tutadi.

  • Mehnat munosabatlarining barqarorligi tamoyili

  • Mehnat munosabatlarining aniqligi tamoyili




Download 35.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling