12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja


Download 35.4 Kb.
bet9/9
Sana14.02.2023
Hajmi35.4 Kb.
#1198932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 (1)

Intizomiy javobgarlik
Mehnat intizomini ta’minlash usullaridan biri intizomiy javobgarlik hisoblanadi. Intizomiy javobgarlik o‘zida intizomga xilof harakat sodir etganlik uchun xodimning javob byerish majburiyati va mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan intizomiy jazo chorasini qo‘llashni ifodalaydi. Mehnat intizomini buzgan xodimga nisbatan chora sifatida jazo qo‘llaniladi. Biroq intizomiy javobgarlik mehnat intizomini ta’minlash vositasi sifatida nafaqat xodimni jazolashda, balki keyinchalik boshqa xodimlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda ham muhim o‘rin egallaydi. Ya’ni intizomiy javobgarlik jazolash bilan bir paytda ogohlantiruvchi, intizomga xilof harakatlar sodir etilishining oldini oluvchi vazifalarni ham bajaradi.
Intizomiy javobgarlikka tortish uchun xodim tomonidan sodir qilingan intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat asos bo‘ladi.
Intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat deganda, xodimlarning o‘z mehnat vazifalarini qonunga nomuvofiq ravishda o‘z aybi bilan bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tushuniladi.
Xodimning aybi bilan mehnat majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, agar uning harakat yoki harakatsizligida huquqqa xiloflik aniqlangudek bo‘lsa, intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat sifatida tavsiflanadi.
Xodimning harakat yoki harakatsizligining huquqqa xilofligi uning qonunlar, boshqa normativ hujjatlar, ichki mehnat tartibi qoidalari, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari, mehnat shartnomasi shartlariga nomuvofiqligini bildiradi. Huquqqa xiloflik, masalan, xodimning ishga uzrli sabablarsiz kelmaganida, kech kelganida, ish byeruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarmaganida, korxonaning mol-mulkiga zarar yetkazish kabi harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq bo‘lgan xodimning har qanday harakati huquqiy hisoblanadi va intizomga xilof nojo‘ya harakat sifatida baholanishi mumkin emas. Misol sifatida ish byeruvchining ta’tildan chaqirib olishga, boshqa ishga o‘tkazishga oid talablarini xodim tomonidan bajarilmasligi huquqqa xilof emas. Chunki bular uchun xodimning oldindan roziligini olish talab etiladi. Shuningdek, xodim ish byeruvchining g‘ayriqonuniy farmoyishlarini bajarmaslik, mehnat muhofazasi talablari bajarilmaganligi tufayli hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda ishni bajarishdan bosh tortishga haqlidir. Biroq ushbu harakatlar intizomga xilof nojo‘ya harakat sifatida baholanmasligi lozim. Shuningdek, ob’ektiv asoslar bilan yangi mehnat shartlari kiritilganda xodimning bunday shartlar asosida ishlashni davom ettirishni rad etishi mehnat intizomini buzish deb hisoblanmaydi, balki mehnat shartnomasini bekor bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat xodimga mehnat shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari bilan yuklatilgan mehnat majburiyatlari yuzasidan kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Jamoat joylarida axloq qoidalarini buzish, jamoat vazifalarini bajarishdan bosh tortish intizomga xilof harakat deb topilmasligi lozim.
Agar xodim qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali harakat qilgan bo‘lsa, mehnat majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik aybli holda sodir etilgan deb topiladi. Aybning qasd shakli o‘rnatilgan qoidalarni buzishga qaratilgan ongli harakat yoki harakatsizlikda o‘z ifodasini topadi. Aybning ehtiyotsizlik shaklida xodim o‘zining huquqqa xilof harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rmaydi, lekin ularni ko‘rishi lozim bo‘ladi yoxud oqibatlarini ko‘rsada, uning kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi.
Intizomiy javobgarlik aybning har qanday shaklida vujudga kelishi mumkin. Shu bilan birga, xodimning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik aybli holda sodir etilgan deb hisoblanmaydi. Xodimning sog‘lig‘i, malakasizligi holatiga ko‘ra yoki zarur xom ashyoning etishmasligi sababli xodimning mehnat majburiyatlarining bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligida ayb mavjud bo‘lmaydi.
Xodim har qanday intizomga xilof nojo‘ya harakat uchun intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Intizomga xilof harakat natijasida ish byeruvchi uchun muayyan salbiy oqibatlarning kelib chiqish yoki kelib chiqmasligi ahamiyatga ega emas. Ya’ni intizomiy javobgarlik formal javobgarlik hisoblanib, buning uchun muayyan oqibat kelib chiqishi shart emas, balki intizomiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun korxonada o‘rnatilgan tartib-qoidalar buzilishining o‘zi etarlidir.
Xodimning qonun hujjatlariga nomuvofiq xatti-harakati, odatda, ular zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxonadagi ichki mehnat tartibini belgilovchi normativ aktlar (masalan, ichki mehnat tartibi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari, mansab va lavozim yo‘riqnomalari, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar) bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda ifodalanadi. Intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat xodimning o‘z aybi bilan, ya’ni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligidir. Xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan (malakasi yoki mehnat layoqati etarli emasligi, tegishli ish sharoiti ta’minlanmaganligi va boshqa sabablar) mehnat vazifasini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik mehnat intizomini buzish deb qaralishi mumkin emas. Intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat uchun xodim, odatda, ish byeruvchi tomonidan intizomiy javobgarlikka tortiladi. Intizomga xilof nojo‘ya xatti-harakat sodir qilish intizomiy jazo byerishga yoki boshqa ta’sir choralarini qo‘llashga sabab bo‘ladi. Shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar etkazilgan bo‘lsa, zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan harakati (harakatsizligi) uchun xodim intizomiy jazoga tortilishi yoki tortilmasligidan qat’i nazar mehnat huquqi normalari bo‘yicha moddiy javobgarlikka tortiladi.
Mehnat munosabatlarida javobgarlik bilan bog‘liq nazariyalar hamda qonun hujjatlarini tahlil qilish orqali intizomiy javobgarlikning ikki turi mavjudligini ko‘rish mumkin. Bular umumiy intizomiy javobgarlik va maxsus intizomiy javobgarlik. Umumiy intizomiy javobgarlik ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi va uni qo‘llashning alohida o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turmaydi. Maxsus intizomiy javobgarlik intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlar belgilanadi. Maxsus intizomiy javobgarlik tatbiq etiladigan shaxslar, intizomiy javobgarlikka tortishga vakolat byerilgan shaxslar va organlarning doirasi, qo‘shimcha jazo chorasining mavjudligi, shuningdek byerilgan jazo ustidan shikoyat qilish tartibi jihatidan umumiy intizomiy javobgarlikdan farq qiladi.
Intizomiy javobgarlikning hamma turlariga quyidagi belgilar xosdir:
• faqat qonunlarda va intizom ustavlarida, nizomlarda ko‘rsatilgan jazolarni byerish mumkin;
• mehnat intizomi buzilgan har bir hol uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘laniladi;
• jazo byerishda sodir etilgan nojo‘ya harakatning og‘ir-engilligi, u sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori e’tiborga olinishi kyerak;
• intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat sodir qilinganligi ma’lum bo‘lgandan keyin qo‘llaniladi.

Quyidagilar asossiz ravishda intizomiy jazo byerilishiga qarshi huquqiy kafolatlardir:


– mehnat intizomini buzuvchidan yozma ravishda bayonot talab qilinishi;
– buyruqdan xodimni xabardor qilish, bu haqda tilxat olish;
– byerilgan jazo ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqi;

  • umumiy intizomiy javobgarlikka tortilganda mehnat nizolari komissiyasiga yoki sudga, maxsus intizomiy javobgarlikka tortilganda esa bo‘ysunish tartibida yuqori organlarga shikoyat qilish mumkin.

Intizomiy javobgarlik ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xodimlarining aksariyat ko‘pchiligiga tatbiq etiladi. Maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan xodimlar toifalari bundan mustasnodir. Umumiy intizomiy javobgarlikda mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari, ularning qo‘llanish tartibi, ular ustidan shikoyat qilish va jazoni olib tashlash tartibi Mehnat kodeksida (“Mehnat intizomi” bobi) hamda Namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan. Intizomiy jazo ishga qabul qilish huquqi byerilgan shaxslar (organ) tomonidan byeriladi.
• Intizomiy jazolarning turlari, ularni qo‘llash asoslari, tartib va shartlari mehnat to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish byeruvchi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasida quyidagi intizomiy jazo choralari nazarda tutilgan:
1.Hayfsan.
2.O‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish Mehnat kodeksining 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish byeruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3.Mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 3, 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi taqiqlanadi.
Misol uchun davlat xizmatchilariga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazolar va ularni qo‘llash tartibi ham boshqa xodimlarnikidan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 martdagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining intizomiy ustavida bojxona organlarining o‘rta va katta boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun quyidagi intizomiy jazolar qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
a) tanbeh;
b) hayfsan;
v) qattiq xayfsan;
g)xizmatga to‘liq munosib emasligi to‘g‘risida ogohlantirish;
d) lavozimni pasaytirish;
e) maxsus unvonni bir pog‘onaga pasaytirish;
j) bojxona organlaridan bo‘shatish.

Nazorat uchun savollar:
1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti haqida so’zlab bering
2. Mehnat huquqining tizimi va tamoyillarini yoritib bering
3. Mehnat shartnomasi tushunchasi va uning turlarini sanab bering
4. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari deganda nimani tushunasiz?
Download 35.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling